Davlat boshqaruvining yagona integratsiyalashgan raqamli platformasi joriy etilmoqda

© Getty Images / tanit boonruen
Obuna bo‘lish
2027 yil 1-yanvardan davlat organlari tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatish platformadan foydalangan holda elektron shaklda amalga oshiriladi.
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. “Raqamli hukumat” tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, quyidagilar Yagona integratsiyalashgan raqamli platformani joriy etishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi, jumladan:
- 2028-yil yakuniga qadar davlat organlarining kamida 5 mingta ma’muriyfunksiyasini raqamlashtirish;
- davlat axborot tizimlarini ishlab chiqish va ekspluatatsiya qilish xarajatlarini kamida 30 foizga qisqartirish va boshqalar.

Platforma quyidagilarni ta’minlashga xizmat qiluvchi “Raqamli hukumat” tizimining texnologik elementi hisoblanadi:
- davlat axborot tizimlarini yaratish, rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlash va ularning kiberxavfsizligini ta’minlashda yagona arxitektura, standartlar, texnologik va tashkiliy yondashuvlarni qo‘llash;
- qayta foydalaniladigan raqamli komponentlar va servislardan foydalanish orqali davlat axborot tizimlarini ishlab chiqishni tezlashtirish, standartlashtirish va xarajatlarni qisqartirish va boshqalar.
2027 yil 1-yanvardan davlat organlari tomonidan ichki hujjat aylanmasi, qarorlar qabul qilish va kelishish hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatish platforma va uning raqamli komponentlaridan foydalangan holda elektron shaklda amalga oshiriladi.
Platforma doirasida davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari o‘rtasida ma’lumot almashinuvini osonlashtirish maqsadida ochiq integratsiya (Open API) tamoyili joriy qilinadi.