Sardor Umurzakov Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori etib tayinlandi

© Press-slujba MIVT UzbekistanaZamestitel premyer-ministra, ministr IVT Uzbekistan S.Umurzakov prinyal uchastie v ocherednom zasedanii Soveta Yevraziyskoy ekonomicheskoy komissii
Zamestitel premyer-ministra, ministr IVT Uzbekistan S.Umurzakov prinyal uchastie v ocherednom zasedanii Soveta Yevraziyskoy ekonomicheskoy komissii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2026
Obuna bo‘lish
Shu munosabat bilan u prezidentning strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Sardor Umurzakov O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Prezident tegishli farmonni imzoladi.
Shu munosabat bilan prezidentning strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi. Bu lavozim ham tugatildi.
Abdulla Abduqodirov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan prezident huzuridagi Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori vazifasini bajaruvchisi lavozimidan ozod etildi. Bu lavozimda 2025-yil may oyidan buyon faoliyat yuritib kelayotgandi.
Umrzakov prezidentning strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi lavozimida 2025-yil iyulidan buyon ishlab kelayotgandi. Undan avval prezidentning maxsus topshiriqlar bo‘yicha maslahatchisi edi.
Umurzakov 1977-yil 23-noyabrda Toshkentda tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (bakalavr) va Reding universitetini (Buyuk Britaniya, magistratura) tamomlagan. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega.
2000-2003 yillar davomida Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki tizimida (avvaliga bosh ofisda, so‘ng Samarqanddagi bo‘linmada) ishlagan. 2003-yilning noyabrida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankida (London shahri) faoliyat boshlagan.
2007 yilda Umurzakov Moliya vazirligi G‘aznachiligi boshlig‘i o‘rinbosari, birinchi o‘rinbosari, Toshkent shahar G‘aznachiligi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
2014-2017 yillarda “O‘zbekcharmpoyabzali” uyushmasi boshqaruvi raisining maslahatchisi, 2017-2018 yillarda rais o‘rinbosari bo‘lgan. Uyushma qayta tashkil etilib, “O‘zcharmsanoat”ga aylantirilgach, 2018-2019 yillarda unga raislik qilgan.
2019 yil 28-yanvarda investitsiyalar va tashqi savdo vaziri etib tayinlangan, 2020-yil 10-martda esa bosh vazir o‘rinbosari darajasiga ko‘tarilgan.
Umurzakov 2022-yildan 2023-yilgacha prezident administratsiyasini boshqargan.
V Ministerstve energetiki naznacheni dva rukovoditelya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2026
Energetika vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Yangiliklar lentasi
0