https://oz.sputniknews.uz/20260710/el-yurt-hurmati-ordeni-58957843.html
Mirziyoyev Kavkaz musulmonlari idorasi raisini “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirladi
Mirziyoyev Kavkaz musulmonlari idorasi raisini “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirladi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev shayxulislom Ollohshukur Poshshozodani qabul qildi 10.07.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-07-10T14:21+0500
2026-07-10T14:21+0500
2026-07-10T14:21+0500
shavkat mirziyoyev
kavkaz
jamiyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/0a/58958044_0:133:2560:1573_1920x0_80_0_0_e75aeb9033d46927a21fc035ed577b45.jpg
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda O‘zbekistonning “El-yurt hurmati” ordenini bilan taqdirlandi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, Ollohshukur Poshshozoda musulmon dunyosi ilm-faniga qo‘shayotgan ulkan hissasi uchun bu ordenga loyiq ko‘rilgan.Prezident Shavkat Mirziyoyev Kavkaz musulmonlari idorasi raisi bilan uchrashuvda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni yanada mustahkamlash, yoshlarning ma’naviy tarbiyasini yuksaltirish va boshqa masalalarni atroflicha muhokama qildi.O‘zbekiston rahbari ikki tomonlama madaniy-ma’rifiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan muhim takliflarni ilgari surdi.Islomning asl insonparvarlik mohiyatini yoshlarga sodda va qiziqarli tarzda tushuntirish uchun raqamli platformalar va interaktiv ta’lim vositalaridan foydalanishda ilmiy salohiyatni birlashtirish zarurligi qayd etildi.Shayxulislom uchrashuv davomida O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlarining umumiy sa’y-harakatlariga bag‘ishlangan “Qardoshlik va ittifoqchilikning oliy nuqtasi” kitobini Mirziyoyevga tuhfa qildi.Ollohshukur Poshshozoda Islom sivilizatsiyasi I Xalqaro forumida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260709/imom-al-buxoriy-konferentsiya-mukofot-taklif-58939941.html
kavkaz
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/0a/58958044_143:0:2418:1706_1920x0_80_0_0_624cf1a2c97b6c37c6e22bf986df308c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev, kavkaz, jamiyat, o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev, kavkaz, jamiyat, o‘zbekiston
Mirziyoyev Kavkaz musulmonlari idorasi raisini “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirladi
Shavkat Mirziyoyev shayxulislom Ollohshukur Poshshozodani qabul qildi
TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda O‘zbekistonning “El-yurt hurmati” ordenini bilan taqdirlandi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati
xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, Ollohshukur Poshshozoda musulmon dunyosi ilm-faniga qo‘shayotgan ulkan hissasi uchun bu ordenga loyiq ko‘rilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Kavkaz musulmonlari idorasi raisi bilan uchrashuvda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni yanada mustahkamlash, yoshlarning ma’naviy tarbiyasini yuksaltirish va boshqa masalalarni atroflicha muhokama qildi.
O‘zbekiston rahbari ikki tomonlama madaniy-ma’rifiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan muhim takliflarni ilgari surdi.
Islomning asl insonparvarlik mohiyatini yoshlarga sodda va qiziqarli tarzda tushuntirish uchun raqamli platformalar va interaktiv ta’lim vositalaridan foydalanishda ilmiy salohiyatni birlashtirish zarurligi qayd etildi.
Shayxulislom uchrashuv davomida O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlarining umumiy sa’y-harakatlariga bag‘ishlangan “Qardoshlik va ittifoqchilikning oliy nuqtasi” kitobini Mirziyoyevga tuhfa qildi.
Ollohshukur Poshshozoda Islom sivilizatsiyasi I Xalqaro forumida ishtirok etish uchun O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.