Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

“Ishqiy munosabatlar” orqali yollangan ayol: Rossiya FXX Moskvada teraktning oldini oldi

© SOS FSB RF / Mediabankka o‘tishFSB RF zaderjala podozrevayemogo v gosizmene v Xabarovskom krae
FSB RF zaderjala podozrevayemogo v gosizmene v Xabarovskom krae - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya FXX ma’lumotiga ko‘ra, ayol ijaraga olingan xonadonni teraktning bevosita ijrochisi yashirinishi uchun tayyorlagan.
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Moskvada Mudofaa vazirligining yuqori martabali harbiy xizmatchisiga qarshi terakt tayyorlash urinishining oldi olindi. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) matubot xizmati xabar berdi.
FXX xabariga ko‘ra, ish doirasida 2001-yilda tug‘ilgan Rossiya fuqarosi qo‘lga olingan. U Ukraina maxsus xizmatlari bilan hamkorlik qilgan.
Ayol 2024-yilda WhatsApp* orqali yollangan. Unga Moskva va Sankt-Peterburgda obyektlarni razvedka qilish, ularning joylashuvini aniqlash va ma’lumotlarni Ukraina tomoniga yetkazish vazifasi berilgan.
Xizmat ma’lumotida aytilishicha, 2026-yil mart oyida gumonlanuvchi Moskvada kvartira ijaraga olgan. U yerdan harbiy xizmatchining yashash manzili va avtomobili kuzatilgani, ma’lumotlar esa Ukrainadagi koordinatorga uzatilgan.
Rossiya FXX ma’lumotiga ko‘ra, ayol ijaraga olingan xonadonni teraktning bevosita ijrochisi yashirinishi uchun tayyorlagan. U yerda niqoblash vositalari va oziq-ovqat mahsulotlari bo‘lgan. Ijrochi ushbu xonadonga ayol Rossiyadan Turkiya va Moldova orqali Ukrainaga chiqib ketganidan keyin kelishi rejalashtirilgan.

FXXning alohida ta’kidlashicha, ukrainalik koordinator ayolni topshiriqlarni bajarishga jalb qilish jarayonida o‘zini unga nisbatan his-tuyg‘ulari bor oshiqday ko‘rsatgan va keyinchalik Ukraina hududida ushbu munosabatlarni davom ettirishga va’da bergan.

Xizmat, shuningdek, Ukraina maxsus xizmatlari va ularning g‘arblik kuratorlari ishtirokida Rossiyada dronlardan foydalangan holda bir qator teraktlar tayyorlanganini bildirdi.
FXXga ko‘ra, nishonlar orasida harbiy infratuzilma obyektlari, mudofaa-sanoat majmuasi korxonalaridan biri va Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari bo‘lgan.
*WhatsApp Rossiyada ekstremistik tashkilot sifatida taqiqlangan Meta kompaniyasiga tegishli.
Nashivka na forme sotrudnika FSB RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.05.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
FXX Belgorod viloyatida teraktning oldini oldi
Yangiliklar lentasi
0