Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII tovarlari marketpleyslar orqali Xitoy va Hindiston bozorlariga chiqariladi

© Press-slujba YeEK YeEK obsudila s krupneyshimi marketpleysami prodvijenie tovarov YeAES na rinki tretix stran
YeEK obsudila s krupneyshimi marketpleysami prodvijenie tovarov YeAES na rinki tretix stran - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2026
Obuna bo‘lish
YeIK yirik marketpleyslar bilan YeOII tovarlarini elektron savdo orqali tashqi bozorlarga chiqarish masalasini muhokama qildi.
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasida (YeIK) YeOII mamlakatlari mahsulotlarini marketpleyslar orqali tashqi bozorlarga chiqarish masalasi muhokama qilindi.
Uchrashuvda yirik elektron savdo maydonchalari, milliy tartibga soluvchi organlar va biznes vakillari ishtirok etdi.
YeIK savdo vaziri Andrey Slepnyovning aytishicha, elektron savdo kanallari orqali YeOII bozoriga xorijiy tovarlar faol kirib kelmoqda. Shu bilan birga, Ittifoq mamlakatlari o‘z mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish imkoniyatlariga ham ko‘proq e’tibor qaratmoqda.
Uning ta’kidlashicha, ayniqsa kichik va o‘rta biznes uchun marketpleyslar eksportga chiqishda muhim kanalga aylanishi mumkin. Buning uchun turli sxema va mexanizmlar ko‘rib chiqilmoqda — milliy platformalarning tashqi bozorlarga mustaqil chiqishidan tortib, marketpleyslar o‘rtasidagi hamkorlikkacha.
Muhokamada eksportga to‘sqinlik qilayotgan amaliy muammolar ham ko‘rib chiqildi. Ular orasida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish, platformalarning uchinchi mamlakatlar bozorlariga chiqishi va tartibga solish masalalari bor.
Istiqbolli yo‘nalishlar sifatida YeOII mamlakatlari o‘rtasida elektron savdoni rivojlantirish, MDHdagi hamkorlar, shuningdek, Xitoy, Mo‘g‘uliston va Hindiston bozorlariga chiqish belgilandi.
Internet-savdo kompaniyalari assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili YeOII mamlakatlari mahsulotlarini elektron tijorat kanallari orqali uchinchi mamlakatlarga eksport qilish hajmi 700 mlrd rubldan oshgan. Bu yil ushbu ko‘rsatkich 1 trln rubldan oshishi kutilmoqda.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Rabota optovoy bazi gruppi kompaniy Vester v Kaliningrade - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2026
O‘zbekiston va YeOII
Qirg‘izistonlik sotuvchilarga Rossiya internet-do‘konlariga tovar yetkazish yengillashtirildi
Yangiliklar lentasi
0