https://oz.sputniknews.uz/20260707/samolyot-favqulodda-holat-manas-aeroport-58884261.html
187 kishi bor samolyotda favqulodda holat: “Manas” aeroporti reyslarni to‘xtatdi
187 kishi bor samolyotda favqulodda holat: “Manas” aeroporti reyslarni to‘xtatdi
Sputnik O‘zbekiston
“Manas” aeroportida Tez Jet samolyoti havoga ko‘tarilish vaqtida shassi nosozligiga uchradi. Bortida 187 kishi bo‘lgan havo kemasi to‘xtatildi, yo‘lovchilar favqulodda trap orqali evakuatsiya qilindi.
2026-07-07T17:12+0500
2026-07-07T17:12+0500
2026-07-07T17:16+0500
favqulodda holat
samolyot
qirg‘iziston
bishkek
aeroport
dunyoda
dunyo yangiliklari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/07/58884082_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_b83880f2faea598afa9b220063641ed0.jpg
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Qirg‘izistonning “Manas” xalqaro aeroportida "Tez Jet" aviakompaniyasi samolyoti bilan favqulodda holat yuz berdi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar berdi.Bishkek–O‘sh yo‘nalishidagi samolyot havoga ko‘tarilish vaqtida texnik nosozlikka uchragan. “Qirg‘iziston aeroportlari” OAJ bergan ma’lumotga ko‘ra, tezlashish jarayonida samolyotning orqa shassilaridan biri singan va havo kemasi chap qanoti tomon og‘ib qolgan.Yo‘lovchilar favqulodda trap orqali evakuatsiya qilingan. Jiddiy jabrlanganlar yo‘q, biroq ayrim yo‘lovchilar yengil lat yegan, kesilgan va boshqa yengil jarohatlar olgan. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.Hodisa oqibatida aviakerosin to‘kilgan. Voqea joyida o‘t o‘chirish xizmatlari ishlagan. Samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagida qolgani sababli “Manas” aeroportida reyslarni qabul qilish va jo‘natish vaqtincha to‘xtatildi.Fuqaro aviatsiyasi davlat agentligi hodisa yuzasidan tekshiruv o‘tkazadi. “Qirg‘iziston aeroportlari” OAJ hodisa tafsilotlarini aniqlash uchun komissiya tuzilishi mumkinligini ma’lum qildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260523/xitoy-komir-konida-portlash-oqibatida-90-kishi-qurbon-boldi-57814891.html
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/07/58884082_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_3daf282cfda7173f06e8b9f1b7b2be4a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
favqulodda holat, samolyot, qirg‘iziston, bishkek, aeroport, dunyoda, dunyo yangiliklari
favqulodda holat, samolyot, qirg‘iziston, bishkek, aeroport, dunyoda, dunyo yangiliklari
187 kishi bor samolyotda favqulodda holat: “Manas” aeroporti reyslarni to‘xtatdi
17:12 07.07.2026 (yangilandi: 17:16 07.07.2026) Bishkek–O‘sh yo‘nalishidagi samolyot havoga ko‘tarilishga ulgurmagan. Hodisa sabab aeroportda reyslar vaqtincha to‘xtatildi.
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Qirg‘izistonning “Manas” xalqaro aeroportida "Tez Jet" aviakompaniyasi samolyoti bilan favqulodda holat yuz berdi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston
xabar berdi.
Bishkek–O‘sh yo‘nalishidagi samolyot havoga ko‘tarilish vaqtida texnik nosozlikka uchragan. “Qirg‘iziston aeroportlari” OAJ bergan ma’lumotga ko‘ra, tezlashish jarayonida samolyotning orqa shassilaridan biri singan va havo kemasi chap qanoti tomon og‘ib qolgan.
Samolyot havoga ko‘tarilishga ulgurmagan. Uchuvchilar uni tezlashish vaqtida to‘xtatgan. Bortida jami 187 kishi — 181 yo‘lovchi, 2 uchuvchi va 4 bortkuzatuvchi bo‘lgan.
Yo‘lovchilar favqulodda trap orqali evakuatsiya qilingan. Jiddiy jabrlanganlar yo‘q, biroq ayrim yo‘lovchilar yengil lat yegan, kesilgan va boshqa yengil jarohatlar olgan. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Hodisa oqibatida aviakerosin to‘kilgan. Voqea joyida o‘t o‘chirish xizmatlari ishlagan. Samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagida qolgani sababli “Manas” aeroportida reyslarni qabul qilish va jo‘natish vaqtincha to‘xtatildi.
Yo‘lovchilardan birining aytishicha, samolyot harakatlanishni boshlaganidan bir necha daqiqa o‘tib kuchli zarba eshitilgan va bort chap tomonga og‘gan. Uning so‘zlariga ko‘ra, salonda vahima bo‘lgan, keyin esa kerosin hidi sezilgan. Bortkuzatuvchilar yo‘lovchilarni tinchlantirib, evakuatsiyani tashkil qilgan.
Fuqaro aviatsiyasi davlat agentligi hodisa yuzasidan tekshiruv o‘tkazadi. “Qirg‘iziston aeroportlari” OAJ hodisa tafsilotlarini aniqlash uchun komissiya tuzilishi mumkinligini ma’lum qildi.