Pokistonlik fermerlarga Qoraqalpog‘istonda yer ajratilishi mumkin

© Informatsionnoe agentstvo DunyoVstrecha Farxoda Ermanova i premyer-ministra provinsii Pendjab Maryam Navaz Sharif
Vstrecha Farxoda Ermanova i premyer-ministra provinsii Pendjab Maryam Navaz Sharif - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.07.2026
Obuna bo‘lish
Qoraqalpog‘iston va Pokistonning Panjob provinsiyasi qishloq xo‘jaligi, sanoat, logistika va investitsiya sohalarida hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi.
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Pokistonlik fermerlarni Qoraqalpog‘istonga jalb qilish va ularga qishloq xo‘jaligi faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun yer maydonlari ajratish taklifi bildirildi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi.
Bu masala Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi Farhod Ermanov va O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev boshchiligidagi delegatsiyaning Pokistonning Panjob provinsiyasi bosh vaziri Maram Navaz Sharif bilan uchrashuvida muhokama qilindi.
Muzokaralarda Qoraqalpog‘iston va Panjob o‘rtasida qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish, xususan, Panjobning kartoshka yetishtirishdagi tajribasini Qoraqalpog‘istonda joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar Panjob tadbirkorlari ishtirokida maxsus erkin iqtisodiy zona tashkil etish taklifini ham muhokama qildi.
Shuningdek, Pokistonning to‘qimachilik sohasida faoliyat yuritayotgan investorlarini Qoraqalpog‘istonda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga jalb etish masalasi ko‘tarildi.
Buning uchun hududda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, energetika va boshqa infratuzilma obyektlari bilan ta’minlash imkoniyatlari mavjudligi qayd etildi.
Uchrashuvda Qoraqalpog‘istonda xalqaro logistika markazini tashkil etish taklifi ham ilgari surildi. U Pokiston tadbirkorlari uchun Yevropa, Markaziy Osiyo, Osiyo va MDH mamlakatlari bozorlariga chiqishda transport-logistika platformasi sifatida xizmat qilishi mumkin.
Bundan tashqari, farmatsevtika, axborot texnologiyalari va tog‘-kon sanoati sohalarida qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar Nukus va Lahor shaharlari o‘rtasida birodarlik munosabatlarini o‘rnatish bo‘yicha kelishuv loyihasini ishlab chiqish hamda madaniy va iqtisodiy tadbirlarni muntazam tashkil etishga ham kelishib oldi.
Nachata rabota po proyektu jeleznoy dorogi iz Uzbekistana cherez Afganistan v Pakistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2026
O‘zbekistondan Afg‘oniston orqali Pokistonga temir yo‘l loyihasi bo‘yicha ishlar boshlandi
Yangiliklar lentasi
0