https://oz.sputniknews.uz/20260705/uzbekistan-primorsky-migrantlar-hamkorlik-58841485.html
O‘zbekiston va Primorsk o‘lkasi mehnat migrantlarini tayyorlashda hamkorlik qiladi
O‘zbekiston va Primorsk o‘lkasi mehnat migrantlarini tayyorlashda hamkorlik qiladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Primorsk o‘lkasi kasb-hunar ta’limi va uyushgan mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni rivojlantiradi. Tomonlar migrantlarni jo‘nab ketishdan oldin kasbiy tayyorlash va huquqlarini himoya qilishni muhokama qildi.
2026-07-05T15:45+0500
2026-07-05T15:45+0500
2026-07-05T15:45+0500
migratsiya
migratsiya agentligi
ta’lim
rossiya
migrantlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/05/58840832_1:0:538:302_1920x0_80_0_0_148443990ae721caf1c2619ca207e1a0.jpg
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Kasb-hunar ta’limi agentligi va Rossiyaning Primorsk o‘lkasi hukumati o‘rtasida hamkorlik rivojlantiriladi. Bu haqda Vladivostokda bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida kelishib olindi, deb xabar berdi “Dunyo” axborot agentligi.O‘zbekiston Bosh konsulxonasida Rossiyaning Primorsk o‘lkasi hukumati Migratsiya siyosati agentligi rahbari Mixail Sorokin bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda Vladivostok shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi rahbari Oybek Odilov ham ishtirok etdi.Tomonlar Primorsk o‘lkasida O‘zbekiston fuqarolarini uyushgan holda ishga joylashtirishni kengaytirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek migratsiya sohasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi.Uchrashuvda mehnat migrantlarini O‘zbekistondan jo‘nab ketishdan oldin tayyorlash va o‘qitish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu yo‘nalish Primorsk o‘lkasi uchun ham muhim hisoblanadi. Avvalroq mintaqadagi bir qator korxonalar O‘zbekistondan xodimlarni uyushgan holda jalb etish bo‘yicha kelishuvlarga erishgani xabar qilingan edi.Bunday format mehnat migrantlarini oldindan tayyorlash, ularning malakasini ish beruvchilar talabiga moslashtirish va noqonuniy migratsiya xavfini kamaytirishga xizmat qilishi mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20260416/musaev-russia-ish-beruvchi-muzokara-56933468.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/05/58840832_68:0:471:302_1920x0_80_0_0_589120b55a15f41eae9f056a613ec89b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
migratsiya, migratsiya agentligi, ta’lim, rossiya, migrantlar
migratsiya, migratsiya agentligi, ta’lim, rossiya, migrantlar
O‘zbekiston va Primorsk o‘lkasi mehnat migrantlarini tayyorlashda hamkorlik qiladi
O‘zbekiston va Rossiyaning Primorsk o‘lkasi mehnat migrantlarini kasbiy tayyorlash, ularni uyushgan holda ishga joylashtirish va huquqlarini himoya qilish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmoqda
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Kasb-hunar ta’limi agentligi va Rossiyaning Primorsk o‘lkasi hukumati o‘rtasida hamkorlik rivojlantiriladi. Bu haqda Vladivostokda bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunida kelishib olindi, deb
xabar berdi “Dunyo” axborot agentligi.
O‘zbekiston Bosh konsulxonasida Rossiyaning Primorsk o‘lkasi hukumati Migratsiya siyosati agentligi rahbari Mixail Sorokin bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda Vladivostok shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi rahbari Oybek Odilov ham ishtirok etdi.
Tomonlar Primorsk o‘lkasida O‘zbekiston fuqarolarini uyushgan holda ishga joylashtirishni kengaytirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek migratsiya sohasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi.
Uchrashuvda mehnat migrantlarini O‘zbekistondan jo‘nab ketishdan oldin tayyorlash va o‘qitish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, turli mutaxassisliklar bo‘yicha kasbiy qayta tayyorlash, ish beruvchilar ehtiyojiga mos malakali kadrlar tayyorlash va ularni qonuniy ishga joylashtirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Bu yo‘nalish Primorsk o‘lkasi uchun ham muhim hisoblanadi. Avvalroq mintaqadagi bir qator korxonalar O‘zbekistondan xodimlarni uyushgan holda jalb etish bo‘yicha kelishuvlarga erishgani xabar qilingan edi.
Bunday format mehnat migrantlarini oldindan tayyorlash, ularning malakasini ish beruvchilar talabiga moslashtirish va noqonuniy migratsiya xavfini kamaytirishga xizmat qilishi mumkin.