O‘zbekiston yuklari Gruziya portlari orqali Yevropaga chiqarilishi mumkin

© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovliGruzi Uzbekistana mogut vivozitsya v Yevropu cherez porti Gruzii
Gruzi Uzbekistana mogut vivozitsya v Yevropu cherez porti Gruzii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Gruziyaning Anakliya, Poti va Batumi portlari orqali eksport-import yuklarini tashish imkoniyatlarini kengaytirishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. 3–4 iyul kunlari investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Gruziyaning asosiy transport infratuzilmasi — Anakliya, Poti va Batumi portlari, shuningdek Poti erkin sanoat zonasi faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizati xabar berdi.
Tashrif davomida O‘zbekiston yuklarini Gruziya yo‘nalishi orqali Qora dengiz va Yevropa bozorlariga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.
Anakliyada O‘zbekiston tomonining Gruziyada barpo etilayotgan yirik chuqur suv porti loyihasida ishtirok etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Mazkur port ishga tushgach, u yirik kemalarni qabul qilish va O‘rta koridor doirasida yuk oqimlarini oshirishda muhim bo‘g‘inga aylanishi kutilmoqda.
Bu yo‘nalish, jumladan, Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston transport bog‘lamasi bilan ham uyg‘unlashishi mumkin.
Poti portida esa O‘zbekiston eksport-import yuklari uchun ombor, terminal va logistika infratuzilmasini joylashtirish istiqbollari muhokama qilindi. Poti erkin sanoat zonasida O‘zbekiston kompaniyalari ishtirokida savdo-logistika va ishlab chiqarish xabini tashkil etish imkoniyati ham ko‘rib chiqilmoqda.
Batumi portiga tashrif davomida Qora dengiz yo‘nalishi bo‘yicha yuk tashuvlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Ushbu port ham O‘zbekiston mahsulotlarini tashqi bozorlarga yetkazishda qo‘shimcha yo‘nalish sifatida qaralmoqda.
Tashrif yakunida tomonlar kelgusidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldi. O‘zbekiston kompaniyalari ishtirokida konsorsium tashkil etish va tegishli hamkorlik bitimlarini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev i Irakliy Kobaxidze podpisali Deklaratsiyu ob ustanovlenii otnosheniy strategicheskogo partnerstva. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.07.2026
O‘zbekiston va Gruziya strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatdi
Yangiliklar lentasi
0