Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Shiddatli siljish: Rossiya qo‘shinlari qisqa fursatda 6 aholi punktini nazoratga oldi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishDesantno-shturmovoy polk VDV provodit zanyatiya po boyevomu slajivaniyu na poligone v LNR
Desantno-shturmovoy polk VDV provodit zanyatiya po boyevomu slajivaniyu na poligone v LNR - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya qo‘shinlari Konstantinovka, Vasilyevka hamda Xarkov viloyatidagi to‘rt aholi punkti ustidan nazorat o‘rnatdi
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Donesk va Xarkov yo‘nalishlarida bir qator aholi punktlari ustidan nazorat o‘rnatdi.Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Kreml xabariga ko‘ra, Rossiya Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov prezident Vladimir Putinga Donesk Xalq Respublikasidagi Konstantinovka shahri ozod qilingani va uning ustidan to‘liq nazorat o‘rnatilgani haqida ma’lumot bergan.
Shu bilan birga, Rossiya tomoni Konstantinovkada halok bo‘lgan ukrainalik harbiy xizmatchilarning jasadlarini topshirish bo‘yicha gumanitar aksiya o‘tkazishga tayyorligini bildirdi.
“Rossiya qo‘shinlari Konstantinovka shahrini ozod qilgani va uning ustidan to‘liq nazorat o‘rnatgani munosabati bilan Rossiya tomoni ushbu aholi punktida halok bo‘lgan ukrainalik harbiy xizmatchilarning jasadlarini topshirish bo‘yicha gumanitar aksiya o‘tkazishga tayyor”, — deyiladi xabarda.
4 iyul kuni Rossiya Mudofaa vazirligi yana besh aholi punkti nazoratga olinganini ma’lum qildi. Vazirlikka ko‘ra, “G‘arb” qo‘shinlar guruhi Xarkov viloyatidagi Shiykovka, Noviy Mir, Cherneshina va Drujelyubovka ustidan nazorat o‘rnatgan. Shuningdek, “Markaz” qo‘shinlar guruhi Donesk yo‘nalishida Vasilyevkani egallagani aytildi.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotida “G‘arb” guruhi bo‘linmalari yanada qulay marra va pozitsiyalarni egallagani, “Markaz” guruhi esa oldingi chiziqdagi taktik vaziyatni yaxshilagani ta’kidlangan.
Rossiyskie voyska osvobodili gorod Konstantinovku v Doneskoy Narodnoy Respublike - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.07.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya Konstantinovkani to‘liq ozod qildi
Yangiliklar lentasi
0