Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Konstantinovka olinishi Donbassda burilish nuqtasi bo‘lishi mumkin — OAV

© Sputnik / Sergey Bobilev / Mediabankka o‘tish72-ya motostrelkovaya brigada gruppirovki voysk "Yug" v zone SVO
72-ya motostrelkovaya brigada gruppirovki voysk Yug v zone SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.07.2026
Obuna bo‘lish
G‘arb OAVlari va harbiy ekspertlar Konstantinovkaning Rossiya qo‘shinlari nazoratiga o‘tishini Donbassdagi vaziyatga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan muhim voqea sifatida baholamoqda
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Konstantinovkaning Rossiya qo‘shinlari nazoratiga o‘tishi Donbassdagi harbiy vaziyat uchun muhim burilish nuqtasi bo‘lishi mumkin, deb yozmoqda xorijiy OAVlar va harbiy ekspertlar.
Rossiya Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov 3-iyul kuni prezident Vladimir Putinga Rossiya armiyasi Konstantinovkani to‘liq nazoratga olgani haqida ma’lum qildi. Putin buni DXR hududini to‘liq ozod qilish yo‘lidagi muhim bosqich deb atadi.
Moskva talqiniga ko‘ra, Konstantinovka Ukraina Qurolli kuchlarining Donbassdagi asosiy mudofaa chizig‘ini tashkil etuvchi to‘rtta “qal’a-shahar”dan biri edi.
Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi bosh operativ boshqarmasi boshlig‘i Sergey Rudskoy shahar Slavansk, Kramatorsk va Drujkovka bilan birga Ukraina mudofaasining asosiy tayanch nuqtalaridan biri bo‘lganini aytdi.
Italiyaning Repubblica gazetasi tahlilchisi Janluka Di Feo Konstantinovkani Ukraina qo‘lida qolgan Donbass qismini himoya qiluvchi muhim istehkomlardan biri deb baholadi. Uning fikricha, shaharning qulashi Kramatorsk yo‘nalishida keyingi harakatlar uchun yo‘l ochishi mumkin.
Frans Press agentligi ham Konstantinovkani Kramatorsk va Slavansk yo‘lidagi so‘nggi muhim rubejlardan biri deb atadi. AFP materiallarida shahar Kiyev kuchlari uchun strategik tayanch nuqta sifatida ta’riflangan. Le Parisien esa uni mintaqadagi “asosiy shahar” deb baholagan.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Konstantinovkaning olinishini “juda muhim g‘alaba” deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hududlar 2014-yildan buyon betonlangan va Ukraina tomoni ularni “mutlaqo mustahkam” deb hisoblagan.
Shu bilan birga, Kiyev Konstantinovka ustidan nazorat yo‘qotilganini inkor etmoqda. Ayrim g‘arblik tahlilchilar buni NATO sammiti arafasidagi siyosiy va axborot omili bilan bog‘lamoqda.
AQSh armiyasining iste’fodagi podpolkovnigi Erl Rasmussen RIA Novostiga bergan izohida Konstantinovkaning yo‘qotilishi Ukraina qo‘shinlarining ma’naviy ruhi va strategiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini aytdi.
Italiyalik harbiy tahlilchi Janandrea Gayani esa Konstantinovkaning tez nisbatan qisqa muddatda qo‘ldan ketishi Ukraina mudofaa chizig‘i zaiflashayotganidan signal bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi.
Rossiyskie voyska osvobodili gorod Konstantinovku v Doneskoy Narodnoy Respublike - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.07.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya Konstantinovkani to‘liq ozod qildi
Yangiliklar lentasi
0