https://oz.sputniknews.uz/20260705/kape-verde-jamoa-58842585.html
Kabo-Verde ertagi: elektrik, LinkedIn va JChda dunyoni hayratga solgan jamoa
Kabo-Verde ertagi: elektrik, LinkedIn va JChda dunyoni hayratga solgan jamoa
Sputnik O‘zbekiston
Kabo-Verde JCh-2026da Argentinaga mag‘lub bo‘ldi, ammo Vozinya, Piko Lopesh va Sidni Kabral kabi futbolchilar hikoyasi orqali turnirning eng ta’sirli jamoasiga aylandi.
2026-07-05T19:21+0500
2026-07-05T19:21+0500
2026-07-05T19:21+0500
sport
davlat
futbol bo‘yicha jch-2026
afrika
argentina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/05/58842106_0:156:3086:1892_1920x0_80_0_0_8a3dd95dbde1c3a6287012d3acf2fa8d.jpg
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Kabo-Verde terma jamoasi JCh-2026dagi yurishini yakunladi, ammo yarim million aholili orol davlati turnirning eng ta’sirli hikoyalaridan birini yozib qoldirdi.Jamoa 1/16 finalda amaldagi jahon chempioni Argentinaga qarshi maydonga tushdi va 3:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Biroq Kabo-Verde favoritga qarshi oxirigacha kurashdi, ikki bor hisobni tenglashtirdi va turnirni boshi baland tark etdi.Kabo-Verde uchun bu jahon chempionatidagi ilk ishtirok edi. Shunga qaramay, jamoa guruh bosqichida Ispaniya va Urugvay kabi nomdor raqiblar bilan durang o‘ynab, pley-offga chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Reuters yozishicha, Kabo-Verde turnirga FIFA reytingida 67-o‘rinda kirib kelgan va aholisi taxminan 500 ming kishini tashkil etadigan orol davlati sifatida barchani hayratga solgan.Vozinya professional futbolda kech — 25 yoshida o‘ynay boshlaganini aytgan. U faoliyatini yakunlash haqida o‘ylagan, ammo Jahon chempionati orzusi uni to‘xtamaslikka majbur qilgan.Kabo-Verdening yana bir ramziy qahramoni — Roberto “Piko” Lopesh. Irlandiyada tug‘ilgan himoyachi bir paytlar Kabo-Verde futbol federatsiyasidan LinkedIn orqali kelgan xabarni spam deb o‘ylab, javob bermagan. Keyinroq xabar ingliz tilida qayta yuborilgach, u otasi vatani sharafini himoya qilish imkoniyatini qo‘ldan boy bermagan. Bugun u Kabo-Verde himoyasining muhim figuralaridan biriga aylandi.Jamoada boshqa qiziq hikoyalar ham ko‘p. 23 yoshli Sidni Lopesh Kabral Niderlandiyada, Rotterdamda o‘sgan. U Germaniyaning beshinchi divizionida oyiga 850 funt maosh olib o‘ynagan, birinchi kvartirasida hatto parda o‘rniga paketlardan foydalanganini aytgan. Shunga qaramay, u Benfikagacha yetib bordi va Jahon chempionatida Messi boshchiligidagi Argentinaga qarshi maydonga chiqdi.Kevin Pina esa Kabo-Verdening Jahon chempionatlaridagi ilk goli muallifi sifatida tarixga kirdi. U Rossiyaning “Krasnodar” klubida to‘p suradi.Kabo-Verde muvaffaqiyatining muhim sabablaridan biri — diaspora. Reuters ma’lumotiga ko‘ra, jamoa tarkibida Niderlandiyada tug‘ilgan 6 nafar, Portugaliyada tug‘ilgan 4 nafar, Fransiyada tug‘ilgan 3 nafar, shuningdek Irlandiya va AQShda tug‘ilgan futbolchilar bor. Murabbiy Bubishta turli mamlakatlarda o‘sgan futbolchilarni yagona g‘oya atrofida birlashtira oldi.
https://oz.sputniknews.uz/20260704/jch-2026-argentina-kape-verde-egypt-australia-58814990.html
afrika
argentina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/05/58842106_179:0:2908:2047_1920x0_80_0_0_a7c5c0249bc3c072a0ef7a438df62049.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, davlat, futbol bo‘yicha jch-2026, afrika, argentina
sport, davlat, futbol bo‘yicha jch-2026, afrika, argentina
Kabo-Verde ertagi: elektrik, LinkedIn va JChda dunyoni hayratga solgan jamoa
Kabo-Verde JCh-2026da Argentinaga mag‘lub bo‘ldi, ammo yarim million aholili orol davlati Ispaniya, Urugvay va Argentinaga qarshi o‘yinlari bilan dunyo e’tiborini tortdi.
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Kabo-Verde terma jamoasi JCh-2026dagi yurishini yakunladi, ammo yarim million aholili orol davlati turnirning eng ta’sirli hikoyalaridan birini yozib qoldirdi.
Jamoa 1/16 finalda amaldagi jahon chempioni Argentinaga qarshi maydonga tushdi va 3:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Biroq Kabo-Verde favoritga qarshi oxirigacha kurashdi, ikki bor hisobni tenglashtirdi va turnirni boshi baland tark etdi.
Kabo-Verde uchun bu jahon chempionatidagi ilk ishtirok edi. Shunga qaramay, jamoa guruh bosqichida Ispaniya va Urugvay kabi nomdor raqiblar bilan durang o‘ynab, pley-offga chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Reuters yozishicha, Kabo-Verde turnirga FIFA reytingida 67-o‘rinda kirib kelgan va aholisi taxminan 500 ming kishini tashkil etadigan orol davlati sifatida barchani hayratga solgan.
Bu ertakning bosh qahramonlaridan biri 40 yoshli darvozabon Jozimar Diash — Vozinya bo‘ldi. U Ispaniyaga qarshi o‘yinda 7 ta seyv amalga oshirib, uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Vozinya professional futbolda kech — 25 yoshida o‘ynay boshlaganini aytgan. U faoliyatini yakunlash haqida o‘ylagan, ammo Jahon chempionati orzusi uni to‘xtamaslikka majbur qilgan.
Kabo-Verdening yana bir ramziy qahramoni — Roberto “Piko” Lopesh. Irlandiyada tug‘ilgan himoyachi bir paytlar Kabo-Verde futbol federatsiyasidan LinkedIn orqali kelgan xabarni spam deb o‘ylab, javob bermagan. Keyinroq xabar ingliz tilida qayta yuborilgach, u otasi vatani sharafini himoya qilish imkoniyatini qo‘ldan boy bermagan. Bugun u Kabo-Verde himoyasining muhim figuralaridan biriga aylandi.
Jamoada boshqa qiziq hikoyalar ham ko‘p. 23 yoshli Sidni Lopesh Kabral Niderlandiyada, Rotterdamda o‘sgan. U Germaniyaning beshinchi divizionida oyiga 850 funt maosh olib o‘ynagan, birinchi kvartirasida hatto parda o‘rniga paketlardan foydalanganini aytgan. Shunga qaramay, u Benfikagacha yetib bordi va Jahon chempionatida Messi boshchiligidagi Argentinaga qarshi maydonga chiqdi.
Kevin Pina esa Kabo-Verdening Jahon chempionatlaridagi ilk goli muallifi sifatida tarixga kirdi. U Rossiyaning “Krasnodar” klubida to‘p suradi.
Helio Varela Urugvayga qarshi muhim gol urdi, Rayan Mendesh esa terma jamoaning kapitani va eng tajribali futbolchilaridan biri sifatida jamoani ilk JChda yetaklab bordi.
Kabo-Verde muvaffaqiyatining muhim sabablaridan biri — diaspora. Reuters ma’lumotiga ko‘ra, jamoa tarkibida Niderlandiyada tug‘ilgan 6 nafar, Portugaliyada tug‘ilgan 4 nafar, Fransiyada tug‘ilgan 3 nafar, shuningdek Irlandiya va AQShda tug‘ilgan futbolchilar bor. Murabbiy Bubishta turli mamlakatlarda o‘sgan futbolchilarni yagona g‘oya atrofida birlashtira oldi.