https://oz.sputniknews.uz/20260702/england-belgium-usa-jch-58745057.html
Angliya, Belgiya va AQSh JCh-2026ning 1/8 finaliga chiqdi
Angliya, Belgiya va AQSh JCh-2026ning 1/8 finaliga chiqdi
Sputnik O‘zbekiston
JCh-2026 1/16 finalida Angliya Kongo DRni, Belgiya Senegalni, AQSh esa Bosniya va Gersegovinani mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
2026-07-02T07:30+0500
2026-07-02T07:30+0500
2026-07-02T10:07+0500
futbol bo‘yicha jch-2026
futbol
sport
kongo
belgiya
aqsh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/02/58744885_0:541:2010:1672_1920x0_80_0_0_8f574258adfaab76e324d64c2d2fc4e2.jpg
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Futbol bo‘yicha JCh-2026 pley-off bosqichida yana uchta 1/8 final ishtirokchisi nomi ma’lum bo‘ldi. Angliya Kongo DRni 2:1 hisobida mag‘lub etdi, Belgiya Senegal ustidan dramatik g‘alaba qozondi, AQSh esa Bosniya va Gersegovinani musobaqadan chiqarib yubordi.Angliya — Kongo DR uchrashuvi kutilganidan ancha murakkab kechdi. Afrika vakillari favoritga jiddiy qarshilik ko‘rsatdi, ammo yakunda inglizlar 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Angliya safida Harri Keyn dubl qayd etib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.Kunning eng dramatik bahsi Belgiya — Senegal uchrashuvida kuzatildi. Senegal 86-daqiqagacha 2:0 hisobida oldinda borayotgandi va keyingi bosqichga juda yaqin edi. Biroq Belgiya o‘yin oxirida ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, bahsni qo‘shimcha vaqtga olib o‘tdi.Qo‘shimcha vaqtda Yuri Tilemans penaltidan gol urib, Belgiyaga 3:2 hisobida g‘alaba keltirdi. Senegal esa katta ustunlikni saqlab qola olmay, JCh-2026 bilan xayrlashdi.AQSh ham 1/8 finalga yo‘l oldi. Mezbonlardan biri Bosniya va Gersegovinani 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Birinchi golni birinchi bo‘lim oxirida Folarin Balogun urdi. Ikkinchi bo‘limda u qizil kartochka olganiga qaramay, AQSh ustunlikni saqlab qoldi.JCh-2026 pley-offida navbatdagi juftliklardan yana ikkitasi shakllandi: Meksika — Angliya va AQSh — Belgiya. Kongo DR, Senegal hamda Bosniya va Gersegovina esa musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260701/jch-france-sweden-norvay-brazil-58722044.html
kongo
belgiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/02/58744885_0:510:2011:2018_1920x0_80_0_0_1238adef279268575eab9bfd369e42cf.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
futbol bo‘yicha jch-2026, futbol, sport, kongo, belgiya, aqsh
futbol bo‘yicha jch-2026, futbol, sport, kongo, belgiya, aqsh
Angliya, Belgiya va AQSh JCh-2026ning 1/8 finaliga chiqdi
07:30 02.07.2026 (yangilandi: 10:07 02.07.2026) Angliya Kongo DRni 2:1, Belgiya Senegalni 3:2, AQSh esa Bosniya va Gersegovinani 2:0 hisobida mag‘lub etib, JCh-2026ning 1/8 finaliga yo‘l oldi.
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Futbol bo‘yicha JCh-2026 pley-off bosqichida yana uchta 1/8 final ishtirokchisi nomi ma’lum bo‘ldi. Angliya Kongo DRni 2:1 hisobida mag‘lub etdi, Belgiya Senegal ustidan dramatik g‘alaba qozondi, AQSh esa Bosniya va Gersegovinani musobaqadan chiqarib yubordi.
Angliya — Kongo DR uchrashuvi kutilganidan ancha murakkab kechdi. Afrika vakillari favoritga jiddiy qarshilik ko‘rsatdi, ammo yakunda inglizlar 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Angliya safida Harri Keyn dubl qayd etib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Shu tariqa, Angliya 1/8 finalda Meksikaga qarshi maydonga tushadi. Meksika avvalroq Ekvadorni 2:0 hisobida mag‘lub etgan edi.
Kunning eng dramatik bahsi Belgiya — Senegal uchrashuvida kuzatildi. Senegal 86-daqiqagacha 2:0 hisobida oldinda borayotgandi va keyingi bosqichga juda yaqin edi. Biroq Belgiya o‘yin oxirida ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, bahsni qo‘shimcha vaqtga olib o‘tdi.
Qo‘shimcha vaqtda Yuri Tilemans penaltidan gol urib, Belgiyaga 3:2 hisobida g‘alaba keltirdi. Senegal esa katta ustunlikni saqlab qola olmay, JCh-2026 bilan xayrlashdi.
AQSh ham 1/8 finalga yo‘l oldi. Mezbonlardan biri Bosniya va Gersegovinani 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Birinchi golni birinchi bo‘lim oxirida Folarin Balogun urdi. Ikkinchi bo‘limda u qizil kartochka olganiga qaramay, AQSh ustunlikni saqlab qoldi.
82-daqiqada Malik Tillman jarima zarbasidan gol urib, uchrashuv taqdirini hal qildi. Shu tariqa, AQSh keyingi bosqichda Belgiyaga qarshi maydonga tushadi.
JCh-2026 pley-offida navbatdagi juftliklardan yana ikkitasi shakllandi: Meksika — Angliya va AQSh — Belgiya. Kongo DR, Senegal hamda Bosniya va Gersegovina esa musobaqadagi ishtirokini yakunladi.