Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeIK va BMT komissiyasi hamkorlikning yangi bosqichiga o‘tdi

© Press-slujba YeEKMinistr po ekonomike i finansovoy politike YeEK Baxit Sultanov
Ministr po ekonomike i finansovoy politike YeEK Baxit Sultanov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2026
Obuna bo‘lish
Ostonada Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi va BMTning Xalqaro savdo huquqi bo‘yicha komissiyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi
TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) va YuNSITRAL o‘rtasida memorandum imzolanishi BMT bilan tizimli hamkorlikning yangi bosqichi bo‘ldi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Hujjat 2026-yil 28-may kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo iqtisodiy forumi doirasida imzolandi.
YeIK iqtisodiyot va moliya siyosati vaziri Baxit Sultanovning ta’kidlashicha, memorandum savdo sohasidagi huquqiy hujjatlarni tayyorlashda yanada chuqur hamkorlik qilish imkoniyatlarini ochadi.

“Biz uchun bu shunchaki rasmiy voqea emas, balki BMT bilan, eng avvalo, BMTning Xalqaro savdo huquqi bo‘yicha komissiyasi — YuNSITRAL bilan tizimli hamkorlikning yangi bosqichi. YuNSITRAL standartlari va tavsiyalari YeOII mamlakatlari, biznesi va fuqarolari uchun zamonaviy va tushunarli huquqiy yechimlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega”, — dedi u.

Sultanovning so‘zlariga ko‘ra, YuNSITRAL bilan hamkorlik ko‘p yillardan buyon davom etib, keng ko‘lamli masalalarni qamrab olgan. Memorandumni amalga oshirish doirasida tomonlar joriy yil uchun hamkorlik rejasini boshlab yuborgan.
“Bu vebinarlar, tajriba almashish, axborot ko‘magi, onlayn kurslarni translyatsiya qilish va boshqa yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. YeIK uchun YuNSITRAL bilan hamkorlik, avvalo, eng yaxshi xalqaro amaliyotlarni o‘rganish va ularni Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda huquqiy tartibga solishda qo‘llash demakdir”, — dedi Baxit Sultanov
Skoplenie gruzovikov na granitse Kaliningradskoy oblasti s Litvoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.06.2026
O‘zbekiston va YeOII
YeIK va BMT transchegaraviy yuk tashishni raqamlashtirishni muhokama qildi
Yangiliklar lentasi
0