https://oz.sputniknews.uz/20260701/qashqadaryo-kannabis-shaxs-qolga-olinish-58738288.html
Qashqadaryoda hovlisidagi issiqxonada 201 kg kannabis yetishtirgan shaxs qo‘lga olindi
Qashqadaryoda hovlisidagi issiqxonada 201 kg kannabis yetishtirgan shaxs qo‘lga olindi
Sputnik O‘zbekiston
Qashqadaryo viloyatida hovlidagi issiqxonadan 201 kg kannabis topildi. DXX ma’lumotiga ko‘ra, yana bir holatda Toshkentda qo‘shni davlatdan kontrabanda qilingan qariyb 2 kg gashish musodara qilingan.
2026-07-01T17:54+0500
2026-07-01T17:54+0500
2026-07-01T17:54+0500
giyohvand moddalarga qarshi
giyohvand moddalar
narkotik moddalar
jamiyat
jinoyat
qashqadaryo viloyati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/01/58738059_49:0:1233:666_1920x0_80_0_0_091ecb14aaf950e85648875166df4a8d.jpg
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Qashqadaryo viloyatida hovlisidagi issiqxonada 201 kg kannabis yetishtirgan shaxs aniqlandi. Yana bir holatda Toshkentda qariyb 2 kg gashish musodara qilindi.Davlat xavfsizlik xizmati ma’lumotiga ko‘ra, “Qoradori – 2026” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida DXXning Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi va ichki ishlar organlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.Tadbir davomida Shahrisabz shahrida yashovchi, 1985-yilda tug‘ilgan, fuqaro o‘z xonadoni hovlisidagi 5,3 sotix yer maydonida issiqxona tashkil qilgani aniqlangan.Boshqa holatda esa Toshkent viloyatining Bekobod shahrida yashovchi, 1966-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan fuqaro poytaxtning Yunusobod tumanida harakatlanayotgan vaqtida DXX va bojxona idoralari xodimlari tomonidan to‘xtatib tekshirilgan.Tekshiruv davomida uning qo‘lidagi sellofan paket ichida 1 kg 994 gr gashish moddasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.DXX ma’lumotiga ko‘ra, ushbu shaxs qo‘shni davlatdan kontrabanda qilingan giyohvandlik moddasini Toshkent shahrida sotishni rejalashtirgan.
https://oz.sputniknews.uz/20251215/uzbekistan-taqiqlangan-ekin-sudlanish-54173637.html
qashqadaryo viloyati
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/07/01/58738059_197:0:1085:666_1920x0_80_0_0_e926fab02e31957262243e4408caacce.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
giyohvand moddalarga qarshi, giyohvand moddalar, narkotik moddalar, jamiyat, jinoyat, qashqadaryo viloyati
giyohvand moddalarga qarshi, giyohvand moddalar, narkotik moddalar, jamiyat, jinoyat, qashqadaryo viloyati
Qashqadaryoda hovlisidagi issiqxonada 201 kg kannabis yetishtirgan shaxs qo‘lga olindi
Qashqadaryoda hovlidagi issiqxonadan 201 kg kannabis topildi. Toshkentda esa qariyb 2 kg gashish musodara qilindi.
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Qashqadaryo viloyatida hovlisidagi issiqxonada 201 kg kannabis yetishtirgan shaxs aniqlandi. Yana bir holatda Toshkentda qariyb 2 kg gashish musodara qilindi.
Davlat xavfsizlik xizmati
ma’lumotiga ko‘ra, “Qoradori – 2026” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida DXXning Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi va ichki ishlar organlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida Shahrisabz shahrida yashovchi, 1985-yilda tug‘ilgan, fuqaro o‘z xonadoni hovlisidagi 5,3 sotix yer maydonida issiqxona tashkil qilgani aniqlangan.
Issiqxona ko‘zdan kechirilganda u yerda kelgusida sotish maqsadida 714 tup kannabis o‘simligi ekilib, parvarishlab kelinayotgani ma’lum bo‘lgan. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, o‘simliklarning sof og‘irligi 201 kilogrammni tashkil etgan.
Boshqa holatda esa Toshkent viloyatining Bekobod shahrida yashovchi, 1966-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan fuqaro poytaxtning Yunusobod tumanida harakatlanayotgan vaqtida DXX va bojxona idoralari xodimlari tomonidan to‘xtatib tekshirilgan.
Tekshiruv davomida uning qo‘lidagi sellofan paket ichida 1 kg 994 gr gashish moddasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
DXX ma’lumotiga ko‘ra, ushbu shaxs qo‘shni davlatdan kontrabanda qilingan giyohvandlik moddasini Toshkent shahrida sotishni rejalashtirgan.