"MMFI"ning Toshkent filialida yadro fizikasi bo‘yicha magistratura ochilmoqda

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaNIYaU MIFI v Tashkente
NIYaU MIFI v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.07.2026
Obuna bo‘lish
Magistratura dasturiga o‘qishga kirish uchun abituriyentlar mutaxassislik bo‘yicha suhbatdan o‘tadi.
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. "Moskva muhandislik-fizika instituti" milliy tadqiqot yadro universitetining ("MMFI" MTAU) Toshkent filialida 2026/2027 o‘quv yilidan “Yadro fizikasi va texnologiyalari” yo‘nalishi bo‘yicha magistratura yo‘lga qo‘yilmoqda.
Toshkent filiali qabul bo‘limi ma’lumotlariga ko‘ra, magistratura dasturiga o‘qishga kirish uchun abituriyentlar mutaxassislik bo‘yicha suhbatdan o‘tadi. Suhbatlar 2026-yil 7–14 iyul kunlari o‘tkazilishi belgilangan.
"MMFI" MTAU qabul komissiyasi saytida 2026-yilgi magistratura qabuli yo‘nalishlari orasida — “Yadro fizikasi va texnologiyalari” ham ko‘rsatilgan.
Hozirda "MMFI"ning Toshkent filialida bakalavriat bosqichida “Yadro energetikasi va issiqlik fizikasi”, “Yadro fizikasi va texnologiyalari”, “Issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi” hamda “Elektr energetikasi va elektr texnikasi” yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda.
Kak proxodat zanyatiya v filiale NIYaU MIFI posle karantina  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.12.2025
O‘zbekistonda Rosatom bilan hamkorlikda atom energetikasi ilg‘or muhandislik maktabi ochildi
Yangiliklar lentasi
0