Bishkekda ShHT forumida 150 mln dollarlik kelishuvlar imzolandi

© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovliV Bishkeke sostoyalsya Investitsionniy biznes-forum ShOS "Kirgizstan - serdse Yevrazii"
V Bishkeke sostoyalsya Investitsionniy biznes-forum ShOS Kirgizstan - serdse Yevrazii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.06.2026
Obuna bo‘lish
Shanxay hamkorlik tashkiloti makonida sanoat kooperatsiyasi, logistika va investitsiya hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Bishkek shahrida ShHTning “Qirg‘iziston — Yevroosiyo yuragi” investitsiya biznes-forumi doirasida sanoat, infratuzilma va raqamli texnologiyalar sohalarida umumiy qiymati 150 million dollarlik 12 ta kelishuv imzolandi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Forumda ShHTga a’zo davlatlar vakillari, moliya institutlari hamda ishbilarmon doiralardan 600 dan ortiq delegat ishtirok etdi.
Tadbirda Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Xurram Teshabayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi ham qatnashdi. U o‘z nutqida mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar hamkorlar uchun yangi imkoniyatlar ochayotganini ta’kidladi.
Teshabayev ShHT makonida transport-logistika aloqalarini mustahkamlash, raqamlashtirishni jadallashtirish va sanoat kooperatsiyasini kengaytirishga chaqirdi.
Forum doirasida sun’iy intellekt, elektron tijorat, “yashil” transformatsiya va logistika sohalaridagi qo‘shma loyihalar muhokama qilindi.
Muloqot yakunida investitsiya agentliklari o‘rtasida doimiy hamkorlik maydonchasini tashkil etish bo‘yicha qo‘shma rezolyutsiya qabul qilindi.
Delegatsiya Uzbekistana prinyala uchastie v 20-m yejegodnom sobranii YeABR - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2026
O‘zbekiston YeOTB yig‘ilishida ilk bor to‘laqonli aksiyador sifatida qatnashdi
Yangiliklar lentasi
0