https://oz.sputniknews.uz/20260630/royxat-olish-aholi-58718033.html
Ro‘yxatga olishda yana nimalar ma’lum bo‘ldi: shahar aholisi, erkaklar va ayollar
Ro‘yxatga olishda yana nimalar ma’lum bo‘ldi: shahar aholisi, erkaklar va ayollar
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olishning dastlabki natijalariga ko‘ra, aholi 39 milliondan oshdi, erkaklar ayollardan ko‘p, shaharlarda yashovchilar ulushi esa 54,5... 30.06.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-06-30T19:18+0500
2026-06-30T19:18+0500
2026-06-30T19:18+0500
milliy statistika qo‘mitasi
umumiy aholi soni
aholini ro‘yxatga olish
jamiyat
o‘zbekiston strategik rivojlanish va islohotlar agentligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/1e/58715095_0:129:1448:944_1920x0_80_0_0_37f1719d04efbb421f9bc5454ba9c982.png
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda so‘nggi 36-yildagi ilk aholini ro‘yxatga olish yakunlandi va uning dastlabki ma’lumotlari taqdim etildi. 2026-yil 15-yanvar holatiga ko‘ra, respublikada 39 million 47 ming 321 kishi istiqomat qilayotgani ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Erkaklar soni ayollarnikidan ko‘pDastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, respublikada erkaklar ayollardan 485 011 nafarga ko‘p.Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori Abdulla Abduqodirov bu ma’lumotlarni “tashvishli” deb atadi.So‘nggi yillarda mamlakatda jins bo‘yicha tafovut doim erkaklar soni hisobiga ijobiy bo‘lib kelgan. Masalan, 2022-yilgi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, o‘sha yili erkaklar soni ayollarnikidan 217 024 nafarga ko‘p bo‘lgan.O‘zbekistonliklar shaharlarga ko‘chishni davom etmoqdaRo‘yxatga olish natijalariga ko‘ra, shahar aholisi 21 276 729 kishini tashkil qildi. Qishloq joylarda esa 17 770 592 kishi istiqomat qilmoqda.Foiz nisbatida aholining 54,5 foizi shaharlarda, 45,5 foizi esa qishloq joylarda yashaydi. Taqqoslash uchun, 2020-yilda urbanizatsiya darajasi 50,6 foizni, qishloq aholisi ulushi esa 49,4 foizni tashkil etgan.Ro‘yxatga olish qanday o‘tkazildi?Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2026-yilning 15-yanvaridan 28-fevraliga qadar o‘tkazildi. Bu mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk aholini ro‘yxatga olish tadbiri bo‘ldi.Ro‘yxatdan o‘tish uchun bir nechta usul taklif etildi: Yagona davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda onlayn tarzda yoki vakolatli xodimlarning uyma-uy yurishi orqali.Ro‘yxatga olishda mamlakat aholisining 97,3 foizi ishtirok etdi. Qolgan 2,7 foizi esa ma’muriy ma’lumotlar asosida hisobga olindi.Aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish uchun mamlakatdagi har bir kishiga 0,12 AQSh dollaridan mablag‘ sarflandi. Jarayonda davlat organlaridan tashqari, BMTning O‘zbekistondagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi ofisi, Jahon banki hamda Xalqaro migratsiya tashkiloti ham ishtirok etdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260630/uzbekistan-aholi-statistika-58689457.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/1e/58715095_0:0:1448:1086_1920x0_80_0_0_da4a82439436a8793a5957db8c1d75f9.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
milliy statistika qo‘mitasi , umumiy aholi soni, aholini ro‘yxatga olish, jamiyat, o‘zbekiston strategik rivojlanish va islohotlar agentligi
milliy statistika qo‘mitasi , umumiy aholi soni, aholini ro‘yxatga olish, jamiyat, o‘zbekiston strategik rivojlanish va islohotlar agentligi
Ro‘yxatga olishda yana nimalar ma’lum bo‘ldi: shahar aholisi, erkaklar va ayollar
O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olishning dastlabki natijalariga ko‘ra, aholi 39 milliondan oshdi, erkaklar ayollardan ko‘p, shaharlarda yashovchilar ulushi esa 54,5 foizga yetdi
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda so‘nggi 36-yildagi ilk aholini ro‘yxatga olish yakunlandi va uning dastlabki ma’lumotlari taqdim etildi. 2026-yil 15-yanvar holatiga ko‘ra, respublikada 39 million 47 ming 321 kishi istiqomat qilayotgani ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Erkaklar soni ayollarnikidan ko‘p
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, respublikada erkaklar ayollardan 485 011 nafarga ko‘p.
Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori Abdulla Abduqodirov bu ma’lumotlarni “tashvishli” deb atadi.
“Yana bir tashvishli jihat shundaki, agar shunday deyish mumkin bo‘lsa, erkaklar soni ayollarnikidan 485 mingga ko‘p. Lekin men o‘z oilamda erkaklar va ayollar soni teng, muvozanat saqlangan, deb o‘zimga-o‘zim tasalli berdim. Erkaklarning ko‘pligi esa kabob va palov qudrati — testosteron kuchi — juda yuqori ekanini yana bir bor isbotlaydi”, — deya rasmiy muhitni hazil bilan yumshatdi Abduqodirov.
So‘nggi yillarda mamlakatda jins bo‘yicha tafovut doim erkaklar soni hisobiga ijobiy bo‘lib kelgan. Masalan, 2022-yilgi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, o‘sha yili erkaklar soni ayollarnikidan 217 024 nafarga ko‘p bo‘lgan.
O‘zbekistonliklar shaharlarga ko‘chishni davom etmoqda
Ro‘yxatga olish natijalariga ko‘ra, shahar aholisi 21 276 729 kishini tashkil qildi. Qishloq joylarda esa 17 770 592 kishi istiqomat qilmoqda.
Foiz nisbatida aholining 54,5 foizi shaharlarda, 45,5 foizi esa qishloq joylarda yashaydi. Taqqoslash uchun, 2020-yilda urbanizatsiya darajasi 50,6 foizni, qishloq aholisi ulushi esa 49,4 foizni tashkil etgan.
Ro‘yxatga olish qanday o‘tkazildi?
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2026-yilning 15-yanvaridan 28-fevraliga qadar o‘tkazildi. Bu mustaqil O‘zbekiston tarixidagi ilk aholini ro‘yxatga olish tadbiri bo‘ldi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun bir nechta usul taklif etildi: Yagona davlat xizmatlari portali orqali mustaqil ravishda onlayn tarzda yoki vakolatli xodimlarning uyma-uy yurishi orqali.
Anketani to‘ldirish jarayonida nafaqat shaxsga oid ma’lumotlar, balki fuqaroning qanday sharoitda yashashi, xonadonida nimalar borligi, uy hayvonlari, bog‘ va boshqa faoliyat turlari haqidagi axborot ham hisobga olindi.
Ro‘yxatga olishda mamlakat aholisining 97,3 foizi ishtirok etdi. Qolgan 2,7 foizi esa ma’muriy ma’lumotlar asosida hisobga olindi.
Aholini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish uchun mamlakatdagi har bir kishiga 0,12 AQSh dollaridan mablag‘ sarflandi. Jarayonda davlat organlaridan tashqari, BMTning O‘zbekistondagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi ofisi, Jahon banki hamda Xalqaro migratsiya tashkiloti ham ishtirok etdi.