https://oz.sputniknews.uz/20260630/monaco-portlash-zelenskyy-ayblov-58717112.html
Monako uchun misli ko‘rilmagan portlash: fransuz siyosatchisi Zelenskiyni aybladi
Monako uchun misli ko‘rilmagan portlash: fransuz siyosatchisi Zelenskiyni aybladi
Sputnik O‘zbekiston
Monakoda sodir bo‘lgan kuchli portlashda uch kishi jabrlandi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ular orasida Ukrainada sanksiyalar ostida bo‘lgan tadbirkor Vadim Yermolayev ham bo‘lishi mumkin.
2026-06-30T18:28+0500
2026-06-30T18:28+0500
2026-06-30T18:28+0500
vladimir zelenskiy
terakt
fransiya
yevropa
dunyo yangiliklari
ukraina
sanksiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/1e/58716903_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_0e5f03152e4cf7bc208a578bfce67f7c.jpg
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Monako knyazligida dushanba kuni kechqurun kuchli portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda uch kishi jabrlandi, deb xabar berdi RIA Novosti.Portlash mahalliy vaqt bilan soat 21:00 atrofida turar joy binosi kirish qismida yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, videokuzatuv kameralarida noma’lum shaxs binoga odamlar kirayotgan paytda rukzak qoldirib ketgani aks etgan. Shundan so‘ng u Fransiya tomon qochgan.OAV ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanganlar ukrainalik tadbirkor Vadim Yermolayev, uning rafiqasi va farzandi bo‘lishi mumkin. Ular Nissadagi shifoxonalarga yetkazilgan.So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ayolning ahvoli og‘irligicha qolmoqda. Yermolayevning holati barqarorlashgan, bolaning hayotiga esa xavf yo‘qligi aytilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, Yermolayev 2023-yil dekabridan buyon Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi sanksiyalari ostida. Ushbu qaror Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tomonidan imzolangan. OAV bu sanksiyalarni tadbirkorning Qrimdagi biznes faoliyati bilan bog‘lagan.Filippo X ijtimoiy tarmog‘ida hodisa Ukraina maxsus xizmatlari yoki proukrain ekstremistik guruhlar tomonidan uyushtirilgan bo‘lishi mumkinligini yozdi. U Yermolayev 2023-yildan buyon Kiyev sanksiyalari ostida ekanini ham eslatdi.
https://oz.sputniknews.uz/20260511/europe-ukraine-mojaro-yakun-xavotir-57489314.html
yevropa
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/1e/58716903_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_866021f7723ec566dbb8abddf6136e84.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
vladimir zelenskiy, terakt, fransiya, yevropa, dunyo yangiliklari, ukraina, sanksiya
vladimir zelenskiy, terakt, fransiya, yevropa, dunyo yangiliklari, ukraina, sanksiya
Monako uchun misli ko‘rilmagan portlash: fransuz siyosatchisi Zelenskiyni aybladi
Monakoda ukrainalik tadbirkor Vadim Yermolayev va uning oilasi jabrlangan portlash suiqasd sifatida tergov qilinmoqda. Fransuz siyosatchisi Florian Filippo hodisada Zelenskiyni aybladi.
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Monako knyazligida dushanba kuni kechqurun kuchli portlash sodir bo‘ldi. Oqibatda uch kishi jabrlandi, deb xabar berdi RIA Novosti.
Portlash mahalliy vaqt bilan soat 21:00 atrofida turar joy binosi kirish qismida yuz bergan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, videokuzatuv kameralarida noma’lum shaxs binoga odamlar kirayotgan paytda rukzak qoldirib ketgani aks etgan. Shundan so‘ng u Fransiya tomon qochgan.
Monako davlat vaziri Kristof Mirman dastlab hodisani ehtimoliy terakt deb baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar bu versiya tasdiqlansa, portlash knyazlik tarixidagi birinchi terakt bo‘lishi mumkin.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanganlar ukrainalik tadbirkor Vadim Yermolayev, uning rafiqasi va farzandi bo‘lishi mumkin. Ular Nissadagi shifoxonalarga yetkazilgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ayolning ahvoli og‘irligicha qolmoqda. Yermolayevning holati barqarorlashgan, bolaning hayotiga esa xavf yo‘qligi aytilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Yermolayev 2023-yil dekabridan buyon Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi sanksiyalari ostida. Ushbu qaror Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tomonidan imzolangan. OAV bu sanksiyalarni tadbirkorning Qrimdagi biznes faoliyati bilan bog‘lagan.
Fransiyaning “Patriotlar” partiyasi yetakchisi Florian Filippo Monakodagi portlash ortida Ukraina tomoni turishi mumkinligini iddao qildi.
Filippo X ijtimoiy tarmog‘ida hodisa Ukraina maxsus xizmatlari yoki proukrain ekstremistik guruhlar tomonidan uyushtirilgan bo‘lishi mumkinligini yozdi. U Yermolayev 2023-yildan buyon Kiyev sanksiyalari ostida ekanini ham eslatdi.