https://oz.sputniknews.uz/20260630/mirziyoev-yoshlar-loyihalar-tanishuv-58701363.html
Mirziyoyev Yoshlar kunida faol yoshlar loyihalari bilan tanishdi
Mirziyoyev Yoshlar kunida faol yoshlar loyihalari bilan tanishdi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yoshlar kuni munosabati bilan Olimpiya shaharchasida faol yoshlar bilan uchrashdi. Unda mahalla, ekologiya, startaplar, muhandislik, inklyuziya va kitobxonlik sohalaridagi loyihalar taqdim etildi.
2026-06-30T13:11+0500
2026-06-30T13:11+0500
2026-06-30T13:11+0500
yoshlar
yoshlar siyosati
raqamli texnologiyalar
kitob
ekologiya
jamiyat
ta’lim
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/1e/58701181_0:0:1900:1069_1920x0_80_0_0_3de01fbd346c68f3934551c360719404.jpg
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Olimpiya shaharchasida Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan maxsus ko‘rgazmada O‘zbekistonning faol yoshlari bilan uchrashdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Davlat rahbari mahalla hayoti, ekologiya, startaplar, muhandislik, inklyuziv ta’lim va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar bilan tanishdi.Farg‘ona tumanidagi Obod mahallasi yoshlar yetakchisi Islombek Muhammadjonov “Obod ta’lim” o‘quv markazi orqali 600 nafar tengdoshini zamonaviy kasblar va xorijiy tillarga o‘qitganini so‘zlab berdi. Mazkur tashabbus mahallada yoshlar bandligini ta’minlash va jinoyatchilikning oldini olishga xizmat qilgani qayd etildi.Rangtasvir tanlovida “Eng original g‘oya” nominatsiyasi g‘olibi Odinaxon Ma’murjonova hamda uyda ta’lim olayotgan bolalar uchun “O‘qi va yuksal” loyihasini amalga oshirayotgan Chinora G‘ulomovaning faoliyati yuqori baholandi.Prezident maktabi bitiruvchisi, Chikago universiteti talabasi Asilbek Ashurov 18 yoshida “Makon AI” startapini ta’sis etib, sun’iy intellektga asoslangan SAT/AP testlariga tayyorgarlik platformasini yaratgan.Ma’lum qilinishicha, ushbu startap AQSh, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqasida 100 mingdan ortiq mijozga ega.Dunyoning yetakchi akseleratorlaridan biri — “Y Combinator” dasturining birinchi o‘zbek ishtirokchisi Sardorbek Rahmatulloyevning AQShda startapga asos solgani e’tirof etildi.Nukus davlat texnika universiteti talabasi, Nukus yoshlar texnoparki rezidenti Ayzada Asanovaning “Yangi avlod avtomobillari” yo‘nalishidagi loyihasi ham taqdim etildi. Davlat rahbari bunday innovatsion ishlanmalarni turli tarmoqlarda joriy etish zarurligini qayd etdi.Xalqaro tanlovlar sovrindori Nigina Faxriddinova va yosh musiqachi Amina Avazovaning yutuqlari milliy madaniyatni xorijda targ‘ib qilishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.“Mutolaa” loyihasi rahbari Sirojiddin Olimov yaratgan mobil ilova qariyb 5 million marta yuklab olingani, unda o‘qilayotgan kitoblar soni 18 milliondan oshgani ma’lum qilindi.Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibi, “Yashil so‘z” kitobi muallifi Nilufar Ergasheva O‘zbekistonning adabiy xaritasini yaratish orqali adabiy turizmni rivojlantirish taklifini bildirdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar tomonidan ilgari surilgan istiqbolli loyiha va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260629/yosh-kelajak-bunyodkor-medal-mukofotlanish-58677669.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/1e/58701181_0:0:1688:1266_1920x0_80_0_0_a05ae10cfcccfd0910f48374c44d3baf.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yoshlar, yoshlar siyosati, raqamli texnologiyalar, kitob, ekologiya , jamiyat, ta’lim, o‘zbekiston
yoshlar, yoshlar siyosati, raqamli texnologiyalar, kitob, ekologiya , jamiyat, ta’lim, o‘zbekiston
Mirziyoyev Yoshlar kunida faol yoshlar loyihalari bilan tanishdi
Prezident Olimpiya shaharchasida mahalla, ekologiya, startaplar, muhandislik, inklyuziya va kitobxonlik sohalarida faol yoshlar bilan uchrashdi
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Olimpiya shaharchasida Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan maxsus ko‘rgazmada O‘zbekistonning faol yoshlari bilan uchrashdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Davlat rahbari mahalla hayoti, ekologiya, startaplar, muhandislik, inklyuziv ta’lim va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar bilan tanishdi.
Farg‘ona tumanidagi Obod mahallasi yoshlar yetakchisi Islombek Muhammadjonov “Obod ta’lim” o‘quv markazi orqali 600 nafar tengdoshini zamonaviy kasblar va xorijiy tillarga o‘qitganini so‘zlab berdi. Mazkur tashabbus mahallada yoshlar bandligini ta’minlash va jinoyatchilikning oldini olishga xizmat qilgani qayd etildi.
Shuningdek, “Yashil tashabbuslar” jamg‘armasi koordinatori, “Green University” magistranti Gulira’no Mamirovaning ekologik-ijtimoiy va “yashil” innovatsiyalar bo‘yicha ishlari taqdim etildi.
Rangtasvir tanlovida “Eng original g‘oya” nominatsiyasi g‘olibi Odinaxon Ma’murjonova hamda uyda ta’lim olayotgan bolalar uchun “O‘qi va yuksal” loyihasini amalga oshirayotgan Chinora G‘ulomovaning faoliyati yuqori baholandi.
Prezident maktabi bitiruvchisi, Chikago universiteti talabasi Asilbek Ashurov 18 yoshida “Makon AI” startapini ta’sis etib, sun’iy intellektga asoslangan SAT/AP testlariga tayyorgarlik platformasini yaratgan.
Ma’lum qilinishicha, ushbu startap AQSh, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqasida 100 mingdan ortiq mijozga ega.
Dunyoning yetakchi akseleratorlaridan biri — “Y Combinator” dasturining birinchi o‘zbek ishtirokchisi Sardorbek Rahmatulloyevning AQShda startapga asos solgani e’tirof etildi.
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti talabasi Biloliddin Ismoilov dronlar poygasi va mahalliy antidron tizimlari bo‘yicha ishlari haqida ma’lumot berdi.
Nukus davlat texnika universiteti talabasi, Nukus yoshlar texnoparki rezidenti Ayzada Asanovaning “Yangi avlod avtomobillari” yo‘nalishidagi loyihasi ham taqdim etildi. Davlat rahbari bunday innovatsion ishlanmalarni turli tarmoqlarda joriy etish zarurligini qayd etdi.
Xalqaro tanlovlar sovrindori Nigina Faxriddinova va yosh musiqachi Amina Avazovaning yutuqlari milliy madaniyatni xorijda targ‘ib qilishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.
“Mutolaa” loyihasi rahbari Sirojiddin Olimov yaratgan mobil ilova qariyb 5 million marta yuklab olingani, unda o‘qilayotgan kitoblar soni 18 milliondan oshgani ma’lum qilindi.
Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibi, “Yashil so‘z” kitobi muallifi Nilufar Ergasheva O‘zbekistonning adabiy xaritasini yaratish orqali adabiy turizmni rivojlantirish taklifini bildirdi.
U, shuningdek, “Burhoniddin Marg‘inoniy” ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasida yirik adabiy-badiiy kechalar o‘tkazish tashabbusini ilgari surdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar tomonidan ilgari surilgan istiqbolli loyiha va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatladi.