https://oz.sputniknews.uz/20260630/jch-uzbekistan-turizm-salohiyat-oshirish-58715278.html
Milliarddan ortiq "prosmotr": JCh-2026 O‘zbekiston turizm salohiyatiga qiziqishni oshirdi
Milliarddan ortiq "prosmotr": JCh-2026 O‘zbekiston turizm salohiyatiga qiziqishni oshirdi
Sputnik O‘zbekiston
FIFA World Cup 2026 doirasida O‘zbekistonning xalqaro turizm targ‘iboti 1,07 mlrddan ortiq ko‘rishni qamrab oldi. Terma jamoa o‘yinlari kunlarida mamlakat haqidagi qidiruvlar va OAVdagi materiallar soni oshgan.
2026-06-30T17:41+0500
2026-06-30T17:41+0500
2026-06-30T17:41+0500
futbol bo‘yicha jch-2026
sport
turizm
futbol
turizm qo‘mitasi
aqsh
internet
oav
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/1e/58714369_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_733668920a1ac43814f11b30e69058fc.jpg
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Turizm qo‘mitasi tomonidan FIFA World Cup 2026 doirasida amalga oshirilgan xalqaro targ‘ibot kampaniyasi 1,07 milliarddan ortiq ko‘rishni qamrab oldi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xalqaro axborot makoni, ijtimoiy tarmoqlar va qidiruv faolligi tahlili asosida xabar berdi.Tahlil natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi o‘yinlar kunlarida mamlakat haqidagi materiallar soni va Visit Uzbekistan, Travel Uzbekistan hamda Uzbekistan Tour kabi qidiruv so‘rovlari sezilarli darajada oshgan.Google Trends va monitoring tizimi ma’lumotlariga ko‘ra:— “Uzbekistan Colombia World Cup 2026” so‘rovi bo‘yicha qidiruvlar 450 foizga oshgan;— “Uzbekistan” so‘roviga umumiy qiziqish 40 foizga ko‘paygan;— “Tourism to Uzbekistan” mavzusiga oid qidiruvlar yana 10 foizga o‘sgan.Kampaniya doirasida Uzbekistan turizm brendi xalqaro axborot maydonida keng targ‘ib qilindi. Mamlakat haqidagi materiallar 3 mingdan ortiq xorijiy OAV va yangiliklar agregatorlarida e’lon qilingan.Auditoriyaning umumiy jalb etilishi 52 milliondan ortiq o‘zaro ta’sirni tashkil etdi. Materiallar sport nashrlari bilan birga BBC, ESPN, MSN, The Guardian, Fox News, Daily Mail, NDTV, VnExpress va boshqa xalqaro OAVlarda ham chop etildi.Jahon chempionati o‘tkazilgan shaharlarda milliy turizm stendlari, rasmiy fan-zonalar va madaniy dasturlar tashkil etildi. Kampaniyaning muhim loyihalaridan biri Atlanta xalqaro aeroportida O‘zbekiston turizm salohiyatini taqdim etish bo‘ldi. Milliy pavilon mamlakatning sayyohlik imkoniyatlarini namoyish etuvchi asosiy maydonlardan biriga aylandi.
https://oz.sputniknews.uz/20260628/uzbekistan-kongo-maglub-jch-58643891.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/1e/58714369_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_d13f62ccd6730a8ee4403d1c84aca56f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
futbol bo‘yicha jch-2026, sport, turizm, futbol, turizm qo‘mitasi, aqsh, internet, oav
futbol bo‘yicha jch-2026, sport, turizm, futbol, turizm qo‘mitasi, aqsh, internet, oav
Milliarddan ortiq "prosmotr": JCh-2026 O‘zbekiston turizm salohiyatiga qiziqishni oshirdi
O‘zbekiston terma jamoasining JCh-2026dagi ishtiroki mamlakatga qiziqishni oshirdi: turizm kampaniyasi 1,07 mlrddan ortiq ko‘rishni qamrab oldi.
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Turizm qo‘mitasi tomonidan FIFA World Cup 2026 doirasida amalga oshirilgan xalqaro targ‘ibot kampaniyasi 1,07 milliarddan ortiq ko‘rishni qamrab oldi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xalqaro axborot makoni, ijtimoiy tarmoqlar va qidiruv faolligi tahlili asosida
xabar berdi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi o‘yinlar kunlarida mamlakat haqidagi materiallar soni va Visit Uzbekistan, Travel Uzbekistan hamda Uzbekistan Tour kabi qidiruv so‘rovlari sezilarli darajada oshgan.
Eng yuqori o‘sish Kolumbiya va Portugaliya terma jamoalariga qarshi o‘yinlar vaqtida kuzatilgan.
Google Trends va monitoring tizimi ma’lumotlariga ko‘ra:
— “Uzbekistan Colombia World Cup 2026” so‘rovi bo‘yicha qidiruvlar 450 foizga oshgan;
— “Uzbekistan” so‘roviga umumiy qiziqish 40 foizga ko‘paygan;
— “Tourism to Uzbekistan” mavzusiga oid qidiruvlar yana 10 foizga o‘sgan.
Kampaniya doirasida Uzbekistan turizm brendi xalqaro axborot maydonida keng targ‘ib qilindi. Mamlakat haqidagi materiallar 3 mingdan ortiq xorijiy OAV va yangiliklar agregatorlarida e’lon qilingan.
Auditoriyaning umumiy jalb etilishi 52 milliondan ortiq o‘zaro ta’sirni tashkil etdi. Materiallar sport nashrlari bilan birga BBC, ESPN, MSN, The Guardian, Fox News, Daily Mail, NDTV, VnExpress va boshqa xalqaro OAVlarda ham chop etildi.
Jahon chempionati o‘tkazilgan shaharlarda milliy turizm stendlari, rasmiy fan-zonalar va madaniy dasturlar tashkil etildi.
Ular orqali O‘zbekistonning turizm salohiyati xalqaro auditoriyaga namoyish qilinib, salohiyatli sayyohlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘rnatildi.
Kampaniyaning muhim loyihalaridan biri Atlanta xalqaro aeroportida O‘zbekiston turizm salohiyatini taqdim etish bo‘ldi. Milliy pavilon mamlakatning sayyohlik imkoniyatlarini namoyish etuvchi asosiy maydonlardan biriga aylandi.