https://oz.sputniknews.uz/20260629/tashkent-zebra-sinov-58678019.html
Barcha haydovchilar tezlikni pasaytiradi: Toshkentda yangi “zebra” sinovdan o‘tkazilmoqda
Barcha haydovchilar tezlikni pasaytiradi: Toshkentda yangi “zebra” sinovdan o‘tkazilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentning Osiyo ko‘chasida RRFB ogohlantiruvchi chiroqlari bilan jihozlangan yangi turdagi “zebra” sinovdan o‘tkazilmoqda. Tizim haydovchilarga piyodalar o‘tish joyini uzoqdan ko‘rishga yordam beradi.
2026-06-29T18:05+0500
2026-06-29T18:05+0500
2026-06-29T18:05+0500
o‘zbekiston
jamiyat
yo‘l
yo‘l harakati qoidalari (yhq)
haydovchilar
avtomobil
toshkent
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1b/37279320_0:97:3072:1825_1920x0_80_0_0_7cd997e8dc07acee1ebea9c2f41ce9ef.jpg
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Osiyo ko‘chasida yangi turdagi faol yo‘l belgilari bilan uyg‘unlashtirilgan RRFB texnologiyasi — yuqori intensivlikdagi ogohlantiruvchi mayoqlar tizimi sinov tariqasida joriy etildi. Bu haqda Toshkent shahri Yo‘l harakatini tashkil etish markazi (YHTEM) matbuot xizmati xabar berdi.Mazkur tizim haydovchi piyodalar o‘tish joyini qaysi yo‘lak yoki yo‘nalishdan harakatlanayotganidan qat’i nazar, uzoqdan aniq ko‘rishi uchun mo‘ljallangan. U asosan harakat oqimi past va o‘rtacha bo‘lgan ko‘chalarda qo‘llanadi.Ogohlantiruvchi signal chiroqlari yo‘l chetlarida, ko‘chaning markaziy qismida hamda qatnov qismi ustidagi baland konstruksiyada joylashtirilgan. Yo‘lning ikki tomonida esa chaqiruv tugmalari mavjud tayanch ustunlar o‘rnatilgan.AQSh Federal avtomobil yo‘llari boshqarmasi tadqiqotlariga ko‘ra, RRFB tizimi haydovchilarning piyodalarga yo‘l berish ko‘rsatkichini sezilarli darajada oshiradi. Oddiy tartibga solinmagan “zebra”larda bu ko‘rsatkich o‘rtacha 18–30 foiz atrofida bo‘lsa, RRFB chiroqlari o‘rnatilgandan keyin 98 foizgacha yetishi mumkin.Mutaxassislarga ko‘ra, yorqin signallar haydovchilarga piyodalar o‘tish joyini oldinroq ko‘rish va tezlikni bosqichma-bosqich pasaytirish imkonini beradi. Bu esa so‘nggi lahzada keskin tormoz berish holatlarining oldini olishga xizmat qiladi
https://oz.sputniknews.uz/20260622/tashkent-deliniator-yolaklar-paydo-bolish-58502366.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/07/1b/37279320_330:182:2363:1707_1920x0_80_0_0_d9a3e7258810077de2f02f76b3053857.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, jamiyat, yo‘l, yo‘l harakati qoidalari (yhq), haydovchilar, avtomobil, toshkent
o‘zbekiston, jamiyat, yo‘l, yo‘l harakati qoidalari (yhq), haydovchilar, avtomobil, toshkent
Barcha haydovchilar tezlikni pasaytiradi: Toshkentda yangi “zebra” sinovdan o‘tkazilmoqda
Osiyo ko‘chasida piyodalar o‘tish joyini haydovchilarga uzoqdan ko‘rsatuvchi RRFB ogohlantiruvchi chiroqlar tizimi sinov tariqasida joriy etildi.
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Osiyo ko‘chasida yangi turdagi faol yo‘l belgilari bilan uyg‘unlashtirilgan RRFB texnologiyasi — yuqori intensivlikdagi ogohlantiruvchi mayoqlar tizimi sinov tariqasida joriy etildi. Bu haqda Toshkent shahri Yo‘l harakatini tashkil etish markazi (YHTEM) matbuot xizmati
xabar berdi.
Mazkur tizim haydovchi piyodalar o‘tish joyini qaysi yo‘lak yoki yo‘nalishdan harakatlanayotganidan qat’i nazar, uzoqdan aniq ko‘rishi uchun mo‘ljallangan. U asosan harakat oqimi past va o‘rtacha bo‘lgan ko‘chalarda qo‘llanadi.
Ogohlantiruvchi signal chiroqlari yo‘l chetlarida, ko‘chaning markaziy qismida hamda qatnov qismi ustidagi baland konstruksiyada joylashtirilgan. Yo‘lning ikki tomonida esa chaqiruv tugmalari mavjud tayanch ustunlar o‘rnatilgan.
Piyoda tugmani bosishi bilan ustunlarning yuqori qismidagi yorqin sariq signal chiroqlari ishga tushadi. Shuningdek, “Piyodalar o‘tish joyi” belgisi ham yorug‘lik beruvchi maxsus quti ko‘rinishida tayyorlangan. Bu, ayniqsa, tungi vaqtda o‘tish joyining uzoq masofadan yaxshi ko‘rinishini ta’minlaydi.
AQSh Federal avtomobil yo‘llari boshqarmasi tadqiqotlariga ko‘ra, RRFB tizimi haydovchilarning piyodalarga yo‘l berish ko‘rsatkichini sezilarli darajada oshiradi. Oddiy tartibga solinmagan “zebra”larda bu ko‘rsatkich o‘rtacha 18–30 foiz atrofida bo‘lsa, RRFB chiroqlari o‘rnatilgandan keyin 98 foizgacha yetishi mumkin.
Mutaxassislarga ko‘ra, yorqin signallar haydovchilarga piyodalar o‘tish joyini oldinroq ko‘rish va tezlikni bosqichma-bosqich pasaytirish imkonini beradi. Bu esa so‘nggi lahzada keskin tormoz berish holatlarining oldini olishga xizmat qiladi