Kiselov: “Rossiya segodnya” G‘arb hukmronlik qilgan joylarda o‘z mavqeyini mustahkamlamoqda

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovDjazoviy festival "Gelendjik - Molodoe"
Djazoviy festival Gelendjik - Molodoe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2026
Obuna bo‘lish
Dmitriy Kiselov “Rossiya segodnya” media guruhi Afrika, Osiyo, Lotin Amerikasi va Pokistonda xalqaro ishtirokini kengaytirib borayotganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. “Rossiya segodnya” media guruhi xalqaro maydondagi ishtirokini izchil kengaytirib, ilgari G‘arb hukmronlik qilgan hududlarda o‘z mavqeyini mustahkamlamoqda. Bu haqda media guruh bosh direktori Dmitriy Kiselov Pokistonning "Associated Press of Pakistan" agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Kiselov media guruhning xalqaro ishtirokini kengaytirish haqida gapirar ekan, so‘nggi vaqtlarda Efiopiyada tahririyat markazi ochilgani, Pekindagi xab modernizatsiya qilingani, Bayrutda esa FM-eshittirishlar boshlanganini ta’kidladi.

“Mo‘g‘ulistonda 2025-yilda noldan boshlab kechayu kunduz radioeshittirishlar yo‘lga qo‘yildi. Vyetnamda Sputnik vyetnamlik auditoriya bilan uning tilida gaplashadigan yagona Rossiya ommaviy axborot vositasidir. 2024-yilda RIA Novostining Indoneziyadagi muxbirlik punkti ish boshladi”, — dedi “Rossiya segodnya” bosh direktori.

Uning aytishicha, Afrika va Osiyoda yangi vakolatxonalar ochish bo‘yicha ham faol ishlar olib borilmoqda.

“Bu shunchaki "ishtirok etish" emas. Bu ilgari G‘arb yakkaxon bo‘lgan, endi esa "boshqa ovoz" yangrayotgan hududlarni tizimli qamrab olishdir”, — dedi Kiselov.

Media guruh rahbarining qo‘shimcha qilishicha, Sputnik radiosi dasturlarini Botsvana, Mali, Niger, Nigeriya, Kamerun va Gvineya radiostansiyalari efirida tinglash mumkin. Shuningdek, kechayu kunduz radioeshittirishlar Lotin Amerikasida ham yo‘lga qo‘yilgan.
Kiselev Pokistonni xalqaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlaridan biri deb atadi.

“Besh yil ichida biz Islomobodda ko‘p funksiyali tahririyat markazini ochish va butun Pokiston bo‘ylab muxbirlar tarmog‘ini yaratishdan manfaatdormiz. Joriy yil oxirigacha Sputnik ijtimoiy tarmoqlarda urdu tilidagi birinchi resurslarini ishga tushiradi”, — dedi Kiselov.

“Rossiya segodnya” media guruhining hamkorlik tarmog‘i dunyoning 108 ta mamlakatida 500 tadan ortiq ommaviy axborot vositalarini o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, 130 tadan ortiq kompaniya, jumladan, OAV, universitetlar, ekspert va tahlil markazlari hamda media sohasida faoliyat yurituvchi boshqa tashkilotlar bilan memorandumlar, hamkorlik shartnomalari va boshqa hujjatlar orqali aloqalar mustahkamlangan.

KengaytirishYig‘ishtirish
Mejdunarodnaya mediagruppa Rossiya segodnya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2026
Putin “Rossiya segodnya” agentligini 85-yillik yubiley bilan tabrikladi
Yangiliklar lentasi
0