AQSh Erondagi nishonlarga zarba berdi — Tehron javob qaytarganini bildirdi

© AP Photo / Vahid SalemiIranskiy flag na meste udara v Tegerane.
Iranskiy flag na meste udara v Tegerane. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2026
Obuna bo‘lish
AQSh Hurmuz bo‘g‘ozi yaqinida tankerga hujum qilinganidan so‘ng Erondagi bir qator nishonlarga zarba berdi. Tehron esa AQShga aloqador harbiy obyektlarga javob qaytarganini bildirdi
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) Eron hududidagi bir qator nishonlarga qo‘shimcha zarbalar berilganini tasdiqladi. Vashington buni Hurmuz bo‘g‘ozi yaqinida tijorat tankeriga uyushtirilgan hujumga javob deb atadi.
CENTCOM ma’lumotiga ko‘ra, 27-iyun kuni Eronning bir tomonlama hujumchi droni Panama bayrog‘i ostidagi M/T Kiku tankeriga zarba bergan. Qayd etilishicha, tanker Hurmuz bo‘g‘ozi yaqinidan o‘tayotgan bo‘lgan va 2 million barreldan ortiq xom neft tashiyotgan.
AQSh qo‘mondonligi zarbalar Eronning tijorat kemalariga qarshi harakatlariga javoban amalga oshirilganini bildirdi. Nishonlar orasida harbiy kuzatuv infratuzilmasi, aloqa tizimlari, havo hujumidan mudofaa obyektlari, dronlar saqlanadigan joylar va mina qo‘yish imkoniyatlari bo‘lgani aytilmoqda.
Reuters agentligi Britaniyaning dengiz xavfsizligi bo‘yicha UKMTO xizmatiga tayanib, Hurmuz bo‘g‘ozida tankerga snarad tekkani, kema ko‘prigiga zarar yetgani, biroq ekipaj a’zolari xavfsiz ekani haqida xabar berdi.
Eron tomoni esa AQSh zarbalarini kelishuvni buzish deb baholadi. Eron davlat ommaviy axborot vositalari zarbalar mamlakat janubidagi Sirik shahri hududiga berilganini xabar qildi. Press TV ma’lumotiga ko‘ra, portlashlar Sirikdagi telekommunikatsiya minorasiga snaradlar tushishi bilan bog‘liq bo‘lgan.
Keyinroq Eron AQShga aloqador harbiy nishonlarga javob zarbalari berganini bildirdi. Reuters xabariga ko‘ra, Bahrayn Eron droni hujumi haqida ma’lum qilgan, Quvayt va Bahrayn esa Eron harakatlarini qoralagan. Hozircha zarbalar oqibati va yetkazilgan zarar haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.
AQSh va Eron bir-birini o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha oraliq kelishuvni buzishda ayblamoqda. CENTCOM Hurmuz bo‘g‘ozi orqali tijorat kemalari harakati davom etayotganini bildirgan.
Neftanie tankeri proxodat cherez Ormuzskiy proliv. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.06.2026
Eron yana Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopdi
Yangiliklar lentasi
0