https://oz.sputniknews.uz/20260626/gulnora-karimova-58613866.html
Gulnora Karimovaning qaytarilgan pullari ona va go‘daklar o‘limini kamaytirishga yo‘naltirildi
Gulnora Karimovaning qaytarilgan pullari ona va go‘daklar o‘limini kamaytirishga yo‘naltirildi
Sputnik O‘zbekiston
Gulnora Karimovaning Shveysariyada musodara etilgan aktivlaridan 43,5 mln dollari O‘zbekiston tibbiyot sohasiga, xususan, onalar va go‘daklar o‘limini kamaytirishga yo‘naltirilmoqda. Jumladan, 231 ta tug‘uruq muassasalariga 23 turdagi tibbiy uskunalar sotib olindi.
2026-06-26T14:49+0500
2026-06-26T14:49+0500
2026-06-26T14:49+0500
jamiyat
gulnora karimova
o‘zbekiston
shveysariya
bolalar
sog‘liq
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/08/35809293_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_87f1c8de61a3270f6eb23a120a6e0063.jpg
TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Shveysariya o‘rtasidagi Restitutsiya bitimi doirasida “Ishonch” jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirilgan ilk sog‘liqni saqlash dasturi muvaffaqiyatli yakunlandi.Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabariga ko‘ra, loyiha doirasida onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini rivojlantirish uchun 43,5 mln dollar yo‘naltirildi.2023 yil sentabrida boshlangan “Har bir ona va bola yashaydi hamda rivojlanadi: O‘zbekistondagi perinatal markazlarda onalar va bolalar o‘limini qisqartirish” loyihasi UNICEF, UNFPA va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) hamkorligida amalga oshirildi.Shuningdek, 80 mingdan ortiq tibbiyot xodimi zamonaviy perinatal yordam, murakkab homiladorlik holatlarini boshqarish, muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarishlash va laboratoriya diagnostikasi bo‘yicha malaka oshirdi. Bundan tashqari, onalik va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha 49 ta klinik protokol ishlab chiqildi yoki yangilandi.Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, axborot kampaniyalari orqali 20 millionga yaqin fuqaro qamrab olinib, 4 millionga yaqin aholining sifatli onalik va perinatal xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari kengaydi.Monitoring natijalariga ko‘ra, oldini olish mumkin bo‘lgan onalar o‘limi ulushi 2022-yildagi 77,3 foizdan 62,8 foizgacha, ya’ni 14,5 foiz bandga kamaygan. Shuningdek, tana vazni juda past bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning omon qolish ko‘rsatkichi dastur boshlanganidan buyon qariyb 13 foizga yaxshilangan.“Ishonch” jamg‘armasi O‘zbekiston va Shveysariya hukumatlari o‘rtasidagi Restitutsiya bitimi asosida tashkil etilgan bo‘lib, qaytarilgan aktivlardan O‘zbekiston xalqi manfaatlari yo‘lida shaffoflik, hisobdorlik va samaradorlik tamoyillari asosida foydalanishni ta’minlaydi.
https://oz.sputniknews.uz/20250710/karimova-sud-qarorlar-dalillar-ozbekiston-bmt-javob-50435051.html
o‘zbekiston
shveysariya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/06/08/35809293_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_1efcbc576a60d1c69325519892094a46.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, gulnora karimova, o‘zbekiston, shveysariya, bolalar, sog‘liq
jamiyat, gulnora karimova, o‘zbekiston, shveysariya, bolalar, sog‘liq
Gulnora Karimovaning qaytarilgan pullari ona va go‘daklar o‘limini kamaytirishga yo‘naltirildi
Dastur doirasida respublika bo‘ylab 231 ta perinatal muassasa zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlandi.
TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. O‘zbekiston va Shveysariya o‘rtasidagi Restitutsiya bitimi doirasida “Ishonch” jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirilgan ilk sog‘liqni saqlash dasturi muvaffaqiyatli yakunlandi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
xabariga ko‘ra, loyiha doirasida onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini rivojlantirish uchun 43,5 mln dollar yo‘naltirildi.
2023 yil sentabrida boshlangan “Har bir ona va bola yashaydi hamda rivojlanadi: O‘zbekistondagi perinatal markazlarda onalar va bolalar o‘limini qisqartirish” loyihasi UNICEF, UNFPA va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) hamkorligida amalga oshirildi.
Loyiha doirasida respublika bo‘ylab 231 ta perinatal muassasa zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlandi. Xususan, 31 million dollardan ortiq mablag‘ evaziga inkubatorlar, sun’iy nafas oldirish apparatlari, anesteziya tizimlari va boshqa tibbiy uskunalar xarid qilinib, hududlardagi perinatal markazlarga yetkazib berildi.
Shuningdek, 80 mingdan ortiq tibbiyot xodimi zamonaviy perinatal yordam, murakkab homiladorlik holatlarini boshqarish, muddatidan oldin tug‘ilgan chaqaloqlarni parvarishlash va laboratoriya diagnostikasi bo‘yicha malaka oshirdi. Bundan tashqari, onalik va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha 49 ta klinik protokol ishlab chiqildi yoki yangilandi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, axborot kampaniyalari orqali 20 millionga yaqin fuqaro qamrab olinib, 4 millionga yaqin aholining sifatli onalik va perinatal xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari kengaydi.
Monitoring natijalariga ko‘ra, oldini olish mumkin bo‘lgan onalar o‘limi ulushi 2022-yildagi 77,3 foizdan 62,8 foizgacha, ya’ni 14,5 foiz bandga kamaygan. Shuningdek, tana vazni juda past bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning omon qolish ko‘rsatkichi dastur boshlanganidan buyon qariyb 13 foizga yaxshilangan.
“Ishonch” jamg‘armasi O‘zbekiston va Shveysariya hukumatlari o‘rtasidagi Restitutsiya bitimi asosida tashkil etilgan bo‘lib, qaytarilgan aktivlardan O‘zbekiston xalqi manfaatlari yo‘lida shaffoflik, hisobdorlik va samaradorlik tamoyillari asosida foydalanishni ta’minlaydi.