Andijonda 2026-yilgi Turkiy dunyo madaniy poytaxti tadbirlari boshlandi

Obuna bo‘lish
Badiiy dasturda mashhur xonanda va sozandalar, raqs ansambllari ishtirokida turkiy xalqlarning boy madaniy merosini o‘zida mujassam etgan yirik konsert dasturi namoyish etildi.
TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Andijonda 2026-yilgi Turkiy dunyo madaniy poytaxti tadbirlari boshlandi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Ochilish tadbirida Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) rahbariyati, madaniyat vazirlari va ularning o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
Shahar amfiteatridagi konsert dasturida Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Turkmaniston va O‘zbekiston san’atkorlari ishtirok etdi.

Andijonning Turkiy dunyo madaniy poytaxti maqomidagi taqdimotlari xorijda ham o‘tkaziladi.
Tadbir muhitini Sputnik videosida tomosha qiling.
Eslatamiz, Andijonda o‘tkazilayotgan “Turk dunyosining madaniy poytaxti — 2026” xalqaro tadbiri doirasida “Andijon polkasi” raqsi bo‘yicha o‘rnatilgan jahon rekordi rasman tan olindi.
V Andijane proshla syemka dlya Knigi rekordov Ginnessa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2026
Andijonda 20 ming kishi Ginness rekordi uchun “Andijon polkasi”ni ijro etdi
Yangiliklar lentasi
0