O‘zbekistonda sutni qayta ishlash sohasiga Rossiya investitsiyalari jalb etilishi mumkin

© Ministerstvo selskogo xozaystvaUzbekistan i Rossiya obsudili sotrudnichestvo v molochnoy promishlennosti
Uzbekistan i Rossiya obsudili sotrudnichestvo v molochnoy promishlennosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Rossiya vakillari sut mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildi.
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Qishloq xo‘jaligi vaziri maslahatchisi Nuriddin Qo‘shnazarov Rossiyaning “Logika Moloka” kompaniyasi ijrochi direktori Aleksandr Tarasov bilan uchrashdi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda O‘zbekistonda sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish hamda qayta ishlash sohasidagi korxonalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar mahalliy sut ishlab chiqaruvchi va qayta ishlovchi korxonalar bilan hamkorlik formatlari, ularning quvvatlarida mahsulot ishlab chiqarish, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish va boshqa sheriklik mexanizmlarini ko‘rib chiqdi.
Uchrashuvda O‘zbekistondagi sutni qayta ishlash korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlari, mahsulot turlari, qadoqlash imkoniyatlari, mavjud brendlari, eksport salohiyati va rivojlanish rejalari haqida ma’lumot almashildi.
Ochistnie soorujeniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2026
Rossiya kompaniyasi Toshkentda oqova suvlarni tozalash qurilmalarini ishlab chiqarmoqda
Yangiliklar lentasi
0