O‘zbekiston aholisi 2050-yilga borib 60 millionga yaqinlashishi mumkin

© Sputnik / Aktan TemirkanovPovsednevnaya jizn v Samarkande.
Povsednevnaya jizn v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2026
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakiliga ko‘ra, 2050-yilga borib O‘zbekiston aholisi 58 milliondan oshishi mumkin. Hozir mamlakat aholisining 55 foizdan ortig‘ini 30 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etadi.
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. O‘zbekiston aholisi 2050-yilga borib 58 million nafardan oshishi mumkin. Bu prognozni Iqtisodiyot va moliya vazirligi Demografiya, bandlik va aholi turmush darajasini prognozlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Shohjahon Yusupov Olmaota bo‘lib o‘tayotgan Yevroosiyo taraqqiyot banki yillik yig‘ilishi va biznes-forumi doirasida Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2026-yil boshida O‘zbekiston aholisi 38,2 million kishidan oshgan. Bu Markaziy Osiyo aholisining qariyb yarmini tashkil etadi.

Yusupovning ta’kidlashicha, mamlakatda aholi sonining yillik o‘sishi taxminan 2 foiz darajasida saqlanib qolmoqda. Shu bilan birga, O‘zbekiston aholisining 55 foizdan ortig‘ini 30 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etadi.

Mutaxassisga ko‘ra, demografik o‘zgarishlar O‘zbekiston taraqqiyotining asosiy omillaridan biri bo‘lib qolmoqda. Aholi soni va yoshlar ulushining yuqoriligi mehnat bozori, ta’lim, tibbiyot, uy-joy, infratuzilma va davlat xizmatlariga bo‘lgan talabga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Shuningdek, Yusupovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Yevroosiyo taraqqiyot banki va UNFPA bilan hamkorlikda “kelajakka tayyorgarlik” — "Future Readiness Lab" platformasini yaratmoqda.
Platforma demografik ma’lumotlarni birlashtirib, aholi o‘sishi va tarkibidagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda davlat budjeti mablag‘larini samarali taqsimlash hamda ustuvor sohalarni aniqlashga xizmat qiladi.
Vistuplenie Shavkata Mirziyoyeva na 13-y sessii Vsemirnogo foruma po urbanizatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2026
Mirziyoyev: 15-yil ichida O‘zbekiston aholisi 50 mln nafarga yetadi
Yangiliklar lentasi
0