Mirziyoyev qurilish materiallari sanoati bo‘yicha yangi vazifalarni belgilab berdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVideoselektornoe soveshanie, posvashennoe provodimoy rabote v otrasli stroitelnix materialov
Videoselektornoe soveshanie, posvashennoe provodimoy rabote v otrasli stroitelnix materialov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2026
Obuna bo‘lish
Prezident hokimlar va tarmoq rahbarlariga har bir tuman imkoniyatini tahlil qilib, hududiy iqtisodiyot o‘sishiga turtki beradigan loyihalar paketini tayyorlashni topshirdi.
TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida qurilish materiallari tarmog‘ida amalga oshirilayotgan ishlar va ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Yig‘ilishda hokimlar har bir tumanda qaysi tarmoqni rivojlantirish, qaysi loyihalarga investitsiya jalb qilish yuqori samara berishini aniq hisob-kitob qilishi zarurligi ta’kidlandi.
Buning uchun iqtisodiyotdagi 12 ta tarmoqqa 14 ta “aql markazi”, shuningdek, 37 ta sohaviy ilmiy institut va oliy ta’lim muassasalari biriktirildi.
Ular yangi turdagi materiallarga talabni, qaysi tumanda qanday loyiha qilish, qanday texnologiyadan foydalanish va qaysi yo‘nalishlarda kadr tayyorlash kerakligini tahlil qiladi.
Barcha tarmoq rahbarlariga “aql markazlari”, ilmiy institutlar va oliygohlar bilan birga har bir tuman imkoniyatini tahlil qilib, yalpi hududiy mahsulot o‘sishiga turtki beradigan loyihalar paketini tayyorlash topshirildi.
Shuningdek, mutasaddilarga yirik va megaloyihalarga import hamda mahalliy mahsulotlarni yetkazib berishda teng sharoit yaratish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish vazifasi qo‘yildi.
Yig‘ilishda sohadagi 457 ta korxonaning kredit bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi 3,5 trillion so‘mga yetgani qayd etildi. Mas’ullarga ushbu korxonalarning har biriga borib, ularni moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha qisqa muddatli dastur ishlab chiqish topshirildi. Bu maqsadlar uchun 50 million dollar resurs ajratiladi.
Yig‘ilishda hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan ikki yillik dastur ham muhokama qilindi. Dastur doirasida 34 ta yirik turizm obyekti, 1 mingdan ortiq joylashtirish vositasi, jumladan, 200 ta mehmonxona qurish rejalashtirilgan.
Hokimlarga hududlarda qurilayotgan mehmonxonalarda mahalliy materiallar ulushini kamida 95 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
Buning uchun kelasi yil yakuniga qadar quyidagi mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi:
lak-bo‘yoq mahsulotlari — 119 ming tonnadan 150 ming tonnaga;
santexnika — 1,5 million donadan 2 million donaga;
PVX quvur va fitinglar — 255 ming tonnadan 300 ming tonnaga;
gulqog‘oz — 6 milliondan 7,5 millionga;
dekorativ panellar — 15 million kvadrat metrdan 18 million kvadrat metrga.
Proizvodstvo energosberegayushix stroymaterialov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.12.2025
Qurilish materiallari ishlab chiqarish va eksporti kengaytiriladi - prezident qarori
Yangiliklar lentasi
0