ShHT davlatlari 10-yilda 2 trln dollardan ortiq sarmoya jalb qildi

© Sputnik / Bolat ShayxinovFlag Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva i flagi stran-uchastnis ShOS. Arxivnoe foto
Flag Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva i flagi stran-uchastnis ShOS. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.06.2026
Obuna bo‘lish
Mintaqaning jahon to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalaridagi ulushi qariyb 20 foizga yetdi
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. So‘nggi 10-yil ichida Shanxay hamkorlik davlatlari (ShHT) davlatlari birgalikda 2 trln dollardan ortiq sarmoya jalb qildi. Bu haqda Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri o‘rinbosari Vladimir Ilichev Bishkekda bo‘lib o‘tayotgan ShHT investitsiya forumida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tashkilot mamlakatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi jahon ko‘rsatkichining qariyb 20 foizini tashkil etmoqda.
“Bu raqamlar ortida hamkorlik modelining sifat jihatidan o‘zgarishi turibdi. Rossiya va ShHT mamlakatlari o‘rtasidagi milliy valyutalarda hisob-kitoblar ulushi allaqachon 92 foizdan oshdi”, — dedi Ilichev.
Vazir o‘rinbosari investitsiya loyihalarida ShHT mamlakatlari hamkorligi uchun jiddiy istiqbollar mavjudligini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, ShHT investitsiya va biznes-forumi 24–25 iyun kunlari Bishkekda o‘tkazilmoqda. U Qirg‘izistonning ShHTdagi raisligi doirasidagi xalqaro maydon sifatida tashkil etilgan. Forumda ShHT davlatlari delegatsiyalari, biznes va investorlar ishtirok etmoqda.

KengaytirishYig‘ishtirish
Prezident RF V. Putin prinimayet uchastie v zasedanii Soveta glav gosudarstv – chlenov ShOS v Bishkeke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2026
ShHTga qo‘shilish uchun 20 taga yaqin mamlakat ariza berdi
Yangiliklar lentasi
0