AQSh va Eron o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi

© aa.com.trPokistonda Eron-AQSh muzokaralari
Pokistonda Eron-AQSh muzokaralari  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.06.2026
Obuna bo‘lish
AQSh va Eron 40 kunlik urushdan so‘ng ilk bor o‘zaro kelishuvga erishdi.
TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. AQSh va Eron o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Bu haqida Eron Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Ismoil Bag‘oy ma’lum qildi.
Bag‘oyining so‘zlariga ko‘ra, memorandum matni ikki davlat prezidentlari tomonidan elektron shaklda imzolangan.

AQSh-Eron memorandumining asosiy bandlari:

AQSh va Eron bir-birining suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilishga va bir-birining ichki ishlariga aralashmaslikni o‘z bo‘yniga oladi.
Qo‘shma Shtatlar va uning Yaqin Sharqdagi ittifoqchilari Eronni qayta tiklash bo‘yicha kamida 300 milliard dollarlik dastur tayyorlashlari kerak.
Vashington tomonlar yakuniy kelishuvda kelishilgan muddat ichida Tehronga qarshi sanksiyalarni bekor qilish majburiyatini oladi.
Eron yadroviy qurol ishlab chiqarmaydi yoki sotib olmaydi.
Eron yadroviy materiallari taqdiri MAGATE nazorati ostida hal qilinadi.
Eron Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tayotgan kemalar uchun to‘lovlarni 60 kun davomida bekor qilishni o‘z zimmasiga oladi.
AQSh - Eron sulhi

28 fevralda boshlanib 40 kun davom etgan urushdan so‘ng, AQSh Eronning 10ta shartdan iborat tinchlik bitimini muzokaralar asosi sifatida qabul qilishini aytib, 8-apreldan ikki haftalik sulh e’lon qildi.

Lekin Isroil shu kunning o‘zida Livanga ommaviy avia hujumlar uyushtirdi. Eron bunga javoban Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yana yopiq deb e’lon qildi.

AQSh va Eron delegatsiyalari orasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar natija bermadi. AQSh Eronga qo‘shimcha talablar qo‘ydi, Eron esa ularni qabul qilmadi.

Shundan so‘ng 13-aprel kuni Tramp Hormuz bo‘g‘ozining tashqi tomonidan o‘z harbiy kemalarini joylashtirib, Eron portlariga kirib-chiqayotgan kemalarni blokirovka qilishni e’lon qildi.

Bunga javoban Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopdi va keyingi aloqalardan bosh tortdi.

15 iyun kuni AQSh va Eron tinchlik sulhi bo‘yicha memorandum imzolashga kelishib olgani haqida e’lon qildi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Premyer-ministr Izrailya Binyamin Netanyaxu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.06.2026
AQSh va Eron kelishuviga oz qolganda Isroil Livanga hujum e’lon qildi
Yangiliklar lentasi
0