Mirziyoyev “Uzbekistan Airways”ni IPOga tayyorlashni tezlashtirishni topshirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey po uskoreniyu transformatsii i podgotovki k IPO Uzbekistan Airways
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey po uskoreniyu transformatsii i podgotovki k IPO Uzbekistan Airways - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2026
Obuna bo‘lish
Rejaga ko‘ra, yil yakuniga qadar milliy aviakompaniya aksiyalarining 15-20 foizini xalqaro IPO orqali sotilishi kutilmoqda.
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. “Uzbekistan Airways” AJni transformatsiya qilish va IPOga tayyorlash ishlari jadallashtiriladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev taqdimot bilan tanishdi.
Ma’lum qilinishicha, “Uzbekistan Airways”, “O‘zsanoatqurilishbank”, “O‘zbekgidroenergo”, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” va “O‘zbektelekom”ni transformatsiya jarayonlarini tezlashtirish va ularni birlamchi ommaviy taklifga (IPO) tayyorlash bo‘yicha ishlarni shu yilning o‘zida yakunlanishi maqsad qilingan.
Yil yakunigacha milliy aviakompaniyaning 15-20 foiz aksiyasini xalqaro IPO orqali sotish maqsad qilingan.
“Franklin Templeton” vakillari milliy aviakompaniyaning faoliyatini diagnostikadan o‘tkazgan. 115 ta chora-tadbirdan iborat transformatsiya dasturini ishlab chiqqan. Bu dastur to‘liq amalga oshirilsa, kompaniyaning operatsion daromadlarini bir yilda 120 million dollarga oshirish imkoni borligi hisob-kitob qilingan.
Islohotlar natijasida aviakompaniyaning bozor qiymatini 1,6 milliard dollardan 2,3 milliard dollargacha oshirish imkoni mavjud. Shu bilan birga, dastur ishlab chiqilganiga bir necha oy bo‘lganiga qaramay, uni amalga oshirish ishlari sust borayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Davlat rahbari kompaniyani xalqaro kapital bozoriga tayyorlash uchun, avvalo, boshqaruv sifatini tubdan oshirish, moliyaviy intizomni mustahkamlash, hisobotlarni xalqaro standartlar asosida yuritish va kredit reytingini yaxshilash zarurligini ta’kidladi.
Yig‘ishda samolyotlar parkini kengaytirish ham muhokama qilindi.
Aviakompaniyada xaridlar tizimini alohida tartib asosida tashkil etish, samolyotlar parkini kengaytirish bo‘yicha qarorlarni tezkor qabul qilish va bu jarayonlarda xalqaro amaliyotni joriy etish vazifasi qo‘yildi.
Prezident Toshkentni Markaziy Osiyoning yirik aviaxabiga aylantirish uchun barcha imkoniyatlar mavjudligini ta’kidladi. Buning uchun “Uzbekistan Airways”, “Uzbekistan Airports” va “Yangi Toshkent” aeroporti o‘rtasidagi hamkorlikni yagona tizim asosida muvofiqlashtirish, infratuzilma, yo‘nalishlar va tranzit tarmog‘ini o‘zaro bog‘liq holda rivojlantirish zarurligi qayd etildi.
Gosudarstvennie aktivi Uzbekistana otkriti dlya investorov cherez Londonskuyu birju - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.05.2026
O‘zbekistonning yirik davlat kompaniyalaridagi ulushlar investorlarga taklif etilmoqda
Yangiliklar lentasi
0