MDU O‘zbekistonning suvdan oqilona foydalanish milliy konsepsiyasini ishlab chiqmoqda

© Sputnik / Baxrom XatamovYakkatut — tixiy ray u beregov Charvaka
Yakkatut — tixiy ray u beregov Charvaka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2026
Obuna bo‘lish
Tomonlar ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlarini yanada rivojlantirishni ham muhokama qildi.
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (MDU) mutaxassislari O‘zbekistonning 2027-2050 yillarga mo‘ljallangan Suv resurslaridan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish milliy konsepsiyasini ishlab chiqishda ishtirok etmoqda. Bu haqda “O‘zsuvta’minot” matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida “O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruvi raisi Ahmad Suvonqulov akademik Vladimir Kvint boshchiligidagi MDU delegatsiyasi bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
“Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasining 2027–2050 yillarga mo‘ljallangan Suv resurslaridan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish milliy konsepsiyasini ishlab chiqish jarayonlari muhokama qilinmoqda”, - deyiladi xabarda.
Xususan, tomonlar ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlarini yanada rivojlantirish, tarmoq infratuzilmasini modernizatsiya qilish, suv yo‘qotishlarini kamaytirish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash masalalarini ko‘rib chiqishdi.
Shuningdek, tomonlar mamlakatning suv xavfsizligini mustahkamlash, suv resurslaridan samarali foydalanish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va sohaga ilg‘or xalqaro tajribalarni tatbiq etish bo‘yicha fikr almashdi.
"O‘zsuvta’minot" AJ milliy konsepsiyani takomillashtirish hamda unda belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga tayyor ekanini ta’kidladi.
2025 yil mart oyida O‘zbekistondagi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchi "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJ (NKMK) Moskva davlat universiteti mutaxassislarini suvdan samarali foydalanishning uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqishga jalb qilganini ma’lum qilgandi.
Ochistnie soorujeniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2026
Rossiya kompaniyasi Toshkentda oqova suvlarni tozalash qurilmalarini ishlab chiqarmoqda
Yangiliklar lentasi
0