Albaniya va Germaniya prezidentlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVstrecha Prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva i Prezidenta Germanii Franka-Valtera Shtaynmayera.
Vstrecha Prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva i Prezidenta Germanii Franka-Valtera Shtaynmayera. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.06.2026
Obuna bo‘lish
Oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekistonning bu mamlakatlar bilan ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.
TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Albaniya prezidenti Bayram Begay rafiqasi hamrohligida 16-17 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston va Albaniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.
Ta’kidlanishicha, savdo, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, “yashil” energetika va turizm kabi ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari e’tibor markazida bo‘ladi. Madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish ham ko‘rib chiqiladi.
Xalqaro kun tartibidagi masalalar, jumladan, ko‘p tomonlama platformalar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlash yuzasidan ham fikr almashish rejalashtirilgan.
Tashrif dasturi doirasida Bayram V Toshkent xalqaro investitsiya forumida ham ishtirok etadi
Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning rafiqasi hamrohligida rasmiy tashrifi 17-18 iyun kunlariga rejalashtirilgan.
Tashrif dasturiga muvofiq, ikki davlat rahbarlarining tor va kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston – Germaniya ko‘p qirrali munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
O‘zbekiston rahbari matbuot xizmatiga ko‘ra, tomonlar savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika va “yashil” texnologiyalar, transport va logistika, farmatsevtika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish, ta’lim va gumanitar almashinuvlarni faollashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratadi.
Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb mavzular yuzasidan ham fikr almashiladi.
Muzokaralar doirasida bir qator yangi qo‘shma loyiha va dasturlarni ishga tushirish hamda O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga qo‘shimcha sur’at bag‘ishlaydigan hujjatlar to‘plamini qabul qilish rejalashtirilgan.
Tashkentskiy mejdunarodniy investitsionniy forum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2026
TXIF-2026 da qariyb 3,1 ming nafar xorijiy mehmon qatnashishi kutilmoqda
Yangiliklar lentasi
0