Xorijiy sayyohlar uchun subsidiya to‘lanadi

© Sputnik / Baxrom XatamovTuristicheskaya Buxara
Turisticheskaya Buxara - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2026
Obuna bo‘lish
Turoperatorlarga har 1 000 nafar xorijiy turist uchun ularga 5 ming dollar subsidiya ajratiladi
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda 2026-yil 1-iyundan har yilning iyun–avgust oylarida “Ochiq turizm mavsumi” dasturi e’lon qilinadi. Prezident tegishli qarorni imzoladi.
Uning uning doirasida xorijiy mamlakatlardan O‘zbekistonga yangi reyslarni tashkil etgan xorijiy va mahalliy aviatashuvchilarga xarajatlarning bir qismi davlat budjetidan qoplab beriladi va har bir jalb qilingan xorijiy turist uchun 100 dollar miqdorida subsidiya to‘lanadi.

O‘zbekiston rezidenti bo‘lgan turoperatorlar tomonidan salohiyatli xorijiy davlatlardan jalb qilingan har 1 000 nafar xorijiy turist uchun ularga 5 ming dollar miqdorida subsidiya ajratiladi.

Turoperatorlik va mehmonxona xizmatlari bo‘yicha QQSning 50 foizi keshbek tarzida qaytariladi.
Shuningdek, har biri ijtimoiy tarmoqlarda 5 mln nafardan ortiq kuzatuvchiga ega 50 nafar xorijiy blogerga O‘zbekistonga kelishi uchun 7 kunlik bepul turistik dasturlar taqdim etiladi.
Dunyodagi yirik onlayn sayyohlik platformalarida O‘zbekistonga sayohat targ‘iboti bilan bog‘liq xarajatlar qoplab beriladi.
Kamenniy dvores Tash-Xauli (1830-1838 gg.) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.05.2026
Rossiyadan O‘zbekistonga kelgan turistlar soni 42 foizga oshdi
Yangiliklar lentasi
0