Ukrainadagi biolaboratoriyalar ishiga JSST jalb qilingan

© Sputnik / Aleksey VitviskiyZdanie shtab-kvartiri Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya v Jeneve.
Zdanie shtab-kvartiri Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya v Jeneve.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2026
Obuna bo‘lish
AQSh hukumatining moliyaviy ko‘magi bilan ukrainalik olimlar biologik himoya rejimiga ega laboratoriyalarda yuqori patogen parranda grippi va boshqa yuqori yuqumli viruslarning genomlarini o‘rganishgan.
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST), AQSh kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlari va bir nechta G‘arb tadqiqot markazlari Ukraina biologik laboratoriyalari hamkorlik tarmog‘ining bir qismi bo‘lgan. Bu AQSh Milliy razvedkasi direktori e’lon qilgan ma’lumotlardan ma’lum bo‘ladi.
Hujjatda "Ukraina ilmiy xodimlari tarmog‘i" bo‘limida AQShning “Black & Veatch” va “Metabiota” mudofaa pudratchilari bilan bir qatorda AQSh qishloq xo‘jaligi vazirligi, Shveysariyaning SAFOSO konsalting kompaniyasi, Jahon hayvonlar salomatligini muhofaza qilish tashkiloti va Ukraina jamoat salomatligi markazi tuzilmalari mavjud. Sxemada JGI va “Orio” tadqiqot kompaniyalari ham ko‘rsatilgan.
Ukraina laboratoriyalarining akademik hamkorlari sifatida Ankorijdagi Alyaska universiteti, Nyu-Meksiko universiteti, Tennessi universiteti, Florida universiteti va Kanzas shtati universiteti aytilgan. Bundan tashqari, Gelmgols nomidagi nemis ekologik tadqiqotlar markazi ham tarmoqqa kiritilgan.
Ta’kidlanishicha, AQSh hukumatining moliyaviy ko‘magi bilan ukrainalik olimlar biologik himoya rejimiga ega laboratoriyalarda yuqori patogen parranda grippi va boshqa yuqori yuqumli viruslarning genomlarini o‘rganishgan. Ushbu obyektlarning qurilishi ham Amerika tomoni moliyalashtirgan.
Kuni kecha AQSh Milliy razvedka boshqarmasi direktori Ukrainadagi 40 ta laboratoriyalarda xavfli viruslar bilan ishlab ularga yangi xususiyatlarni joriy qilish o‘rganilgani haqidagi dalillar bor hujjatlarni e’lon qildi. Gap, xususan, kuydirgi, ebola, vabo va turli xil isitma kabi o‘ta xavfli patogenlar haqida ketmoqda.
Biolaboratorii SShA: chto skrivayut sekretnie obyekti u granis Rossii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2026
Rossiya yaqinida joylashgan AQSh laboratoriyalari nimani yashirmoqda?
Rossiya bir necha bor AQSh biologik qurollarni ishlab chiqarishni moliyalashtirayotganini va biologik va zaharli qurollarni taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiyani buzgan holda Ukrainada o‘nlab biolab-laboratoriyalarini joylashtirayotganini ma’lum qilgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, AQShning harbiy-biologik dasturini davom ettirish uchun hamma narsa Rossiya maxsus harbiy operatsiyasi boshlanganidan keyin Ukrainadan olib chiqilgan.
Bayden ma’muriyati Ukrainada AQSh tomonidan nazorat qilinadigan kimoviy va biologik laboratoriyalar mavjudligini rad etgandi, barcha ayblovlarni esa “yomon josuslik romani”, “Rossiya propagandasi” va “fitna” deb atagandi.

Mavzuga oid:

AQSh Afrikani preparatlar uchun sinov maydoni sifatida ko‘rmoqda — Rossiya Qurolli Kuchlari
Rogov: Zaporojyeda Pentagonning ikkita biologik laboratoriyasi bor
AQSh harbiy biologik faolligi tobora kuchayib bormoqda — Shoygu
Ukrainada AQShning biologik laboratoriyalari mavjud — Kichik Kennedi
AQSh yuqumli kasalliklar qo‘zg‘atuvchilarini qo‘llash usullarini izlamoqda – RF Mudofaa vazirligi
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainada topilgan xavfli kasalliklar patogenlarini o‘rganadi
AQSh o‘z tadqiqotlari uchun ukrainaliklarning bionamunalarini yig‘moqda — Kosachov
OAV: Qo‘shma Shtatlar ukrainaliklardan tajriba “quyonchasi” sifatida foydalanmoqda
Rossiya Ukrainadagi AQSh harbiy-biologik loyihalarini to‘xtatishning uddasidan chiqdi
Ukrainadagi AQSh biolaboratoriyalari ataylab tegishli ravishda himoyalanmagan bo‘lgan
Ukrainadagi biologik laboratoriyalarning g‘arbiy kuratorlari ma’lum bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0