AQSh va Eron kelishuviga oz qolganda Isroil Livanga hujum e’lon qildi

© AP Photo / Maya AlleruzzoPremyer-ministr Izrailya Binyamin Netanyaxu
Premyer-ministr Izrailya Binyamin Netanyaxu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.06.2026
Obuna bo‘lish
AQSh va Eron tinchlik sulhi — Isroil bosh vaziriga katta zarba bo‘ladi. Netanyaxu urushning bunday tugashini kutmagan edi.
TOShKENT, 13-iyun – Sputnik. Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif 13-iyun kuni AQSh-Yeron kelishuvi 24 soat ichida yakunlanishi mumkinligini ma’lum qildi.
"Biz tinchlik kelishuviga har qachongidan ham yaqinlashdik. Shartnoma keyingi 24 soat ichida yakunlanishi kutilayotganini hisobga olsak, Pokiston darhol tinchlik kelishuvining elektron imzosini olishga, undan keyin esa kelasi hafta texnik darajadagi muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rmoqda", deb yozdi Sharif “X” ijtimoiy tarmog‘ida.
Payshanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp jurnalistlarga Eron bilan kelishuv memorandumi imzolashni ma’qullaganini aytgan edi. Kelishuv shu hafta oxirida Yevropada imzolanishi mumkin.
Ushbu xabarlar fonida Isroil armiyasi Livan janubidagi 20 ta shahar aholisidan harbiy operatsiyalar boshlanishidan oldin darhol uylarini tark etishlarini va Zahrani darosining shimoliga ko‘chib o‘tishlarini talab qildi.
"Xavfsizligingiz uchun darhol uylaringizni tark etib, Zahrani darosining shimoliga yo‘l olishingiz kerak. Ushbu ogohlantirish Deyr az-Zahrani, Numeiriya, Sharqiya, Douyeir, Harouf, Habbush, Kfar Juz, Zabdin, Nabatiya al-Tahta, Nabatiya al-Favqa, Kfar Rumman, Mahmudiya, Sajd, Rayhon, Armata, Kfarhouna, Mlih, Louayza, Jarjua va Arab Salim aholisiga tegishli", deb yozgan Qurolli kuchlar vakili Avichai Adrai X tarmog‘ida.
Isroil oldin ham Livan janubi va Bayrutning janubiy chekka hududlariga zarbalar berishdan oldin shunga o‘xshash ogohlantirishlarni bergan edi. Bunday bildirishnomalardan so‘ng, Isroil samolyotlari odatda ogohlantirishlarda ko‘rsatilgan hududlarga katta zarbalar berdi.

Oldinroq AQShda joylashgan, Axios nashri Netanyaxu AQSh prezidentining Eron bilan muzokaralar haqidagi bayonotidan hayratda qolgani haqida yozgan edi.
Netanyaxu Tramp bilan ushbu urushni boshlaganida, uning bundaytugashini tasavvur ham qilmagan edi. Bu Isroil bosh vaziriga katta zarba bo‘ladi, deb yozgan edi nashr.

Shu sababli ham Vashingtonda ko‘pchillik Netanyaxu tinchlik kelishuviga to‘sqinlik qilishi mumkin, deb hisoblaydi.
Flagi Irana i SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.06.2026
Eron AQSh bilan tinchlik bitimi bandlarini ochiqladi
Yangiliklar lentasi
0