https://oz.sputniknews.uz/20260612/narkojinoyatlar-58289383.html
Narkojinoyatlarga qarshi jazo kuchaytiriladi
Narkojinoyatlarga qarshi jazo kuchaytiriladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda internet orqali narkotik moddalar aylanmasini cheklashga qaratilgan yangi qonunchilik choralari joriy etiladi. Loyiha doirasida narkojinoyatlarga qarshi kurashda 14 ta davlat organining vakolatlari belgilanadi, barcha jarayonlar elektron nazorat tizimiga o‘tkaziladi.
2026-06-12T10:35+0500
2026-06-12T10:35+0500
2026-06-12T10:35+0500
jamiyat
o‘zbekiston
narkotik moddalar
narkotik
giyohvand moddalarga qarshi
giyohvand moddalar
javobgarlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/18/45812427_0:71:1350:830_1920x0_80_0_0_0b91ec58bb3ad72524437d9e36ff48b8.jpg
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlikdan himoya qilishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.Yangi qonun bilan Jinoyat kodeksiga “Aholi salomatligi va genofondiga qarshi jinoyatlar” nomli yangi bob kiritilmoqda, bu orqali aholi, ayniqsa, yoshlar salomatligiga tahdid solayotgan xavfli qilmishlar uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish ko‘zda tutilgan.Narkojinoyatlarning zamonaviy usul va shakllari inobatga olinib, g‘ayriqonuniy narkolaboratoriya tashkil etish, narkotiklarning noqonuniy muomalasiga rahnamolik qilish, bangixona tashkil etish kabi qilmishlar uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda. Shuningdek, 10 tadan ortiq xavfli qilmish bo‘yicha jazo choralari og‘irlashtiriladi.Davlat rahbari ushbu qonun narkojinoyatchilikka qarshi kurashishni yangi bosqichga olib chiqish, aholi salomatligi va millat genofondini himoya qilishda muhim huquqiy asos bo‘lishini ta’kidladi hamda uni imzoladi.Taqdimotda “Narkotiklar va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar to‘g‘risida”gi qonun loyihasi haqida ham axborot berildi.Ta’kidlanishicha, so‘nggi yillarda narkovaziyat jiddiy o‘zgarib, an’anaviy giyohvandlik vositalarining o‘rnini sintetik narkotiklar egallamoqda.Ularni tarqatish usullari ham o‘zgarib, asosan, internet orqali kontaktsiz shaklda amalga oshirilmoqda. Shuningdek, mamlakat ichkarisida yashirin laboratoriyalar paydo bo‘layotgani ushbu sohada huquqiy va tashkiliy mexanizmlarni tubdan qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.Yangi qonun loyihasida davlat siyosatining 7 ta asosiy yo‘nalishi belgilanmoqda. Ular orasida aholi, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarda “giyohvandlikka qarshi immunitet”ni shakllantirish, internet orqali sodir etilayotgan narkojinoyatlarga barham berish, giyohvandlikning barvaqt profilaktikasi, diagnostikasi, davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya tizimini takomillashtirish kabi choralar mavjud.Loyihada narkotiklar aylanmasi, giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashishda bevosita ishtirok etuvchi 14 ta davlat organining vazifa va vakolatlari aniq belgilanishi nazarda tutilgan. Qonuniy muomaladagi moddalar ustidan davlat nazorati kuchaytirilib, ularni olib kirishdan tortib, realizatsiya qilishgacha bo‘lgan jarayonlar uzluksiz elektron nazorat qilinadi.Prekursorlar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar muomalasini qat’iy tartibga solishni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqildi. Bu borada elektron nazorat tizimini joriy etish, noqonuniy holatlarga qarshi idoralararo hamkorlikni kuchaytirish muhimligi qayd etildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260420/mirziyoev-narkotahdidlar-forum-murojaat-56991700.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e8/09/18/45812427_75:0:1275:900_1920x0_80_0_0_c768eb875773a4f17c8144b322272603.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, narkotik moddalar, narkotik, giyohvand moddalarga qarshi, giyohvand moddalar, javobgarlik
jamiyat, o‘zbekiston, narkotik moddalar, narkotik, giyohvand moddalarga qarshi, giyohvand moddalar, javobgarlik
Narkojinoyatlarga qarshi jazo kuchaytiriladi
Internet orqali narkotik moddalar aylanmasini cheklashga qaratilgan yangi qonunchilik choralari joriy etiladi
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlikdan himoya qilishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan taqdimot bilan
tanishdi. Yangi qonun bilan Jinoyat kodeksiga “Aholi salomatligi va genofondiga qarshi jinoyatlar” nomli yangi bob kiritilmoqda, bu orqali aholi, ayniqsa, yoshlar salomatligiga tahdid solayotgan xavfli qilmishlar uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish ko‘zda tutilgan.
Narkojinoyatlarning zamonaviy usul va shakllari inobatga olinib, g‘ayriqonuniy narkolaboratoriya tashkil etish, narkotiklarning noqonuniy muomalasiga rahnamolik qilish, bangixona tashkil etish kabi qilmishlar uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda. Shuningdek, 10 tadan ortiq xavfli qilmish bo‘yicha jazo choralari og‘irlashtiriladi.
Davlat rahbari ushbu qonun narkojinoyatchilikka qarshi kurashishni yangi bosqichga olib chiqish, aholi salomatligi va millat genofondini himoya qilishda muhim huquqiy asos bo‘lishini ta’kidladi hamda uni imzoladi.
Taqdimotda “Narkotiklar va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar to‘g‘risida”gi qonun loyihasi haqida ham axborot berildi.
Ta’kidlanishicha, so‘nggi yillarda narkovaziyat jiddiy o‘zgarib, an’anaviy giyohvandlik vositalarining o‘rnini sintetik narkotiklar egallamoqda.
Ularni tarqatish usullari ham o‘zgarib, asosan, internet orqali kontaktsiz shaklda amalga oshirilmoqda. Shuningdek, mamlakat ichkarisida yashirin laboratoriyalar paydo bo‘layotgani ushbu sohada huquqiy va tashkiliy mexanizmlarni tubdan qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda.
Yangi qonun loyihasida davlat siyosatining 7 ta asosiy yo‘nalishi belgilanmoqda. Ular orasida aholi, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarda “giyohvandlikka qarshi immunitet”ni shakllantirish, internet orqali sodir etilayotgan narkojinoyatlarga barham berish, giyohvandlikning barvaqt profilaktikasi, diagnostikasi, davolash va tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya tizimini takomillashtirish kabi choralar mavjud.
Loyihada narkotiklar aylanmasi, giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashishda bevosita ishtirok etuvchi 14 ta davlat organining vazifa va vakolatlari aniq belgilanishi nazarda tutilgan. Qonuniy muomaladagi moddalar ustidan davlat nazorati kuchaytirilib, ularni olib kirishdan tortib, realizatsiya qilishgacha bo‘lgan jarayonlar uzluksiz elektron nazorat qilinadi.
Prekursorlar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar muomalasini qat’iy tartibga solishni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqildi. Bu borada elektron nazorat tizimini joriy etish, noqonuniy holatlarga qarshi idoralararo hamkorlikni kuchaytirish muhimligi qayd etildi.