Renovatsiya uchun uy egalarining kamida 80% roziligi talab etiladi

© Sputnik / Baxrom XatamovJiloy kompleks v Tashkente
Jiloy kompleks v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.06.2026
Obuna bo‘lish
Uy egasi renovatsiya loyihasini amalga oshirishda o‘z xohishiga ko‘ra kompensatsiya olishi yoki hissa qo‘shuvchi sifatida ishtirok etishi mumkin.
TOShKENT, 11-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda renovatsiya uchun uy egalarining kamida 80% roziligi talab etiladi. Bu “Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida”gi qonunda ko‘zda tutilgan.
Qonunga ko‘ra, huquq egalari bilan ochiq muhokama renovatsiya loyihasining konsepsiyasi ishlab chiqilgan kundan e’tiboran 2 oy ichida o‘tkaziladi.

Ochiq muhokamada obyektlarni renovatsiya loyihasiga kiritish uchun har bir obyekt egalarining kamida 4/5 qismining notarial tasdiqlangan yozma roziligini olish renovatsiyani amalga oshirishning majburiy shartlaridan biridir.

Huquq egasi renovatsiya loyihasini amalga oshirishda o‘z xohishiga ko‘ra kompensatsiya olishi yoki hissa qo‘shuvchi sifatida ishtirok etishi mumkin.
Kompensatsiya quyidagi shakllarga ega bo‘lgan ketma-ketlikda bo‘lishi mumkin:
shaharsozlik renovatsiyasi amalga oshiriladigan hududda yangi quriladigan turar va noturar joy toifasidagi obyektni mulk qilib berish;
boshqa joydan turar va noturar joy toifasidagi obyektni mulk qilib berish;
pul mablag‘lari;
kelishuv bitimida nazarda tutilgan boshqa shakllar.
Ma’lumot uchun: huquq egasi – shaharsozlik renovatsiyasi hududida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlarining egalari bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs.
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 1,4 million xonadonni o‘z ichiga olgan 42 mingdan ortiq ko‘p kvartirali uy mavjud bo‘lib, ularning qariyb 74 foizi 1991-yilgacha qurilgan. Renovatsiya doirasida 17 mingta eski 2−3 qavatli uylar (taxminan 255 ming xonadon) o‘rniga muhandislik, ijtimoiy infratuzilma va yashil hududlarga ega bo‘lgan zamonaviy 7−9 qavatli uylar qurish rejalashtirilgan.
Vid na gorod Tashkent s visoti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.06.2026
O‘zbekistonda renovatsiya to‘g‘risidagi qonun imzolandi
Yangiliklar lentasi
0