Fabio Kannavaro: g‘alaba uchun bor kuchimizni beramiz, oxirgi soniyagacha kurashamiz

© Foto : Federatsiya futbola Uzbekistana Nastavnik sbornoy Uzbekistana Fabio Kannavaro
Nastavnik sbornoy Uzbekistana  Fabio Kannavaro - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.06.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston o‘z tarixida ilk bor futbol bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Mundialda "oq bo‘rilar" Portugaliya, Kolumbiya va Kongo DR terma jamoalariga qarshi o‘ynaydi.
TOShKENT, 10-iyun — Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro jahon chempionati va unga tayyorgarlik haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
U jahon chempionatida ishtirok etish har bir kishining eng katta orzularidan biri ekanini qayd etdi.
"Albatta, bu ajoyib tuyg‘u. Jahon chempionatida ishtirok etish har bir insonning orzusi. Nihoyat, biz Atlantadamiz. Mashg‘ulotlarni boshlashni, o‘yin o‘tkazishni va bu jarayondan zavqlanishni sabrsizlik bilan kutapman", — dedi Kannavaro.
Bosh murabbiy musobaqaga tayyorgarlik jarayoni oson kechmaganini, biroq jamoa muhim bahslarga maksimal darajada tayyor bo‘lish uchun bor imkoniyatini ishga solganini urg‘uladi.
"Odatda jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish oson bo‘lmaydi. Turli kichik muammolar bo‘ladi, lekin biz imkon qadar eng yaxshi holatda bo‘lishga harakat qildik. Birinchi o‘yin juda yaqin va unga tayyor bo‘lish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilyapmiz", — dedi u.
Fabio Kannavaro milliy terma jamoa g‘alaba uchun maydonda bor kuchini berishga ishontirdi.

“O‘zbekistonliklarga shuni aytishim mumkinki, biz qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Maydonda bor kuchimizni beramiz, oxirgi soniyagacha kurashamiz. Chunki biz dunyoning qayerida bo‘lishidan qat’i nazar, barcha o‘zbekistonliklarning bizdan faxrlanishini istaymiz", — deya ta’kidladi terma jamoa bosh murabbiyi.

Futbol bo‘yicha jahon chempionati 11-iyun kuni boshlanadi va 19-iyulgacha davom etadi. O‘yinlar Qo‘shma Shtatlar, Meksika va Kanadada o‘tkaziladi. O‘zbekiston JCh-2026 ning K guruhidan o‘rin olgan. Raqiblar — Portugaliya, Kolumbiya va Kongo.
O‘zbekiston ilk uchrashuvini 17-iyun kuni Mexikoda Kolumbiyaga qarshi o‘tkazadi, 23-iyun kuni Xyustonda Portugaliya bilan, 27-iyun kuni esa Atlantada Kongo DR bilan maydonga tushadi. Bu O‘zbekiston tarixidagi ilk jahon chempionati bo‘ladi.
Zaglushka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2026
O‘zbekiston terma jamoasining JCh-2026 dagi o‘yinlari taqvimi
Yangiliklar lentasi
0