Qashqadaryodagi gaz quyish shoxobchasidagi portlash oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMashina skoroy pomoshi
Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2026
Obuna bo‘lish
Hodisa yuzasidan Hukumat komissiyasi tashkil etildi.
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi maishiy gaz ballonlariga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida portlash bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) matbuot xizmati xabar berdi.
Holat haqida 8-iyun kuni soat 13:50 da Qashqadaryo viloyati FVBga xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra 5 ta qutqaruv bo‘linmalari soat 14:02 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:05 da o‘rab olingan va soat 14:55 da o‘chirilgan.
Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, 4 ta avtomobil (2 ta "Cobalt", 2 ta gaz tashishga mo‘ljallangan avtomobil) hamda 2 ta yer ostidagi yoqilg‘i saqlash rezervuari yonib zararlangan.
"Oqibatda 6 nafar fuqaro halok bo‘lgan, 5 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yuborilgan", - deyilgan xabarda.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshiriqlariga muvofiq, O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Achilbay Ramatov boshchiligida mas’ul vazirlik va idoralar vakillaridan iborat Hukumat komissiyasini tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining farmoyishi qabul qilindi.
Hukumat komissiyasiga jabrlanganlarga zarur yordam ko‘rsatish, portlash oqibatlarini bartaraf qilish, ushbu baxtsiz hodisaning kelib chiqish sabablarini aniqlash hamda kelgusida bu kabi noxush holatlarning oldini olish choralarini ko‘rish vazifasi yuklatildi.
Hozirda yong‘in sodir bo‘lgan hudud to‘liq nazoratga olinib, uning oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.
V rezultate pojara v Kokande pogib odin chelovek. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.02.2026
Qo‘qonda ko‘p qavatli uydagi portlash oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0