Toshkent viloyatining ikki shahrida hokimlar o‘zgardi

© Sputnik / Dmitriy AstaxovMujchina s portfelem
Mujchina s portfelem - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2026
Obuna bo‘lish
Olmaliq va Nurafshon shaharlarida yangi hokimlar ish boshladi.
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Toshkent viloyatining Nurafshon va Olmaliq shaharlarida yangi hokimlar tayinlandi, deya xabar bermoqda hokimlik matbuot xizmati.
Nurafshon shahriga Qobil Hamdamov hokim etib tayinlandi.
Shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Ilhom Klichxanov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
Hamdamov bunga qadar Olmaliq shahri hokimi vazifasida ishlab kelgan. Faoliyati davomida Toshkent viloyati hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ham ishlagan.
Barhayot Meliyev esa Olmaliq shahri hokimi bo‘ldi.
U 1987-yilda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida tug‘ilgan, 2010-yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.
Meliyev faoliyati davomida Toshkent shahri hokimligi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari, Toshkent viloyati hokimining shaharlar infratuzilmasini rivojlantirish, obodonlashtirish va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Tayinlovga qadar u viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.
V Ferganskoy oblasti utverjdeni xokimi chetirex rayonov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2026
Farg‘ona, Beshariq, O‘zbekiston tumanlari va Marg‘ilonga hokimlar tasdiqlandi
Yangiliklar lentasi
0