Oliygoh va texnikumlarga qabul boshlandi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovAbituriyenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v vuzi Uzbekistana
Abituriyenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v vuzi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.06.2026
Obuna bo‘lish
Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi.
TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda 5-iyundan 2026-2027 o‘quv yili uchun oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar qildi.
Prezidentning 2024-yil 24-maydagi PF-81-sonli farmoniga muvofiq, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichiga qabul jarayoni "avval test, so‘ng tanlov" tamoyili asosida ikki bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar my.uzbmb.uz platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida test topshiradiganlar fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini tanlaydi.
Alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshiruvchilar esa ta’lim tili, test topshirish hududi, ta’lim yo‘nalishi va kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan oliy ta’lim muassasasini belgilaydi.
Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi.
Ikkinchi bosqichda esa kirish imtihonlari to‘liq yakunlanganidan keyin 15 kun davomida abituriyentlar oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi, ta’lim shakli va tanlov ustuvorligini tanlaydi.
Abituriyentlar test sinovida to‘plagan ballarini imtihondan keyingi kuni bilishlari mumkin. Talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani haqidagi ma’lumotlar qabulning ikkinchi bosqichi yakunlanganidan keyin bir hafta ichida Bilimni baholash agentligi saytida e’lon qilinadi.
Texnikumlarda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar esa oliy ta’lim muassasalariga qabulning yakuniy natijalari e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun ichida texnikum, kasb va mutaxassislik hamda ta’lim shaklini tanlaydi. Natijalar bir hafta muddatda e’lon qilinadi.
Vazirlikning ma’lum qilishicha, abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida vazirlik hamda barcha oliy ta’lim muassasalarida "Qabul-2026" shtablari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Fuqarolar qabul jarayoni bo‘yicha savollariga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 1006, Bilimni baholash agentligining 1195 ishonch telefonlari yoki @EduuzUniversalBot orqali javob olishi mumkin.
Abituriyenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v vuzi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.09.2025
Bakalavriatga qabul qilishning yangi tartibi bo‘ladi - tafsilotlar
Yangiliklar lentasi
0