Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya qo‘shinlari Zaporojye viloyatida muhim strategik qishloqni ozod qildi

© RIA NovostiVoyennoslujashie shturmovix podrazdeleniy.
Voyennoslujashie shturmovix podrazdeleniy. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2026
Obuna bo‘lish
“Sharq” bo‘linmalari 5 kvadrat kilometrgacha hududni tozalab, 250 tadan ortiq imoratni nazoratga olgan va keyingi harakatlar uchun qulay sharoit yaratgan.
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Zaporojye viloyatidagi Komsomolskoe (Gulyaypolskoe) aholi punktini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, “Sharq” qo‘shinlar guruhi tarkibidagi 5-umumqo‘shin armiyasi 127-motoo‘qchi diviziyasining 114-gvardiyachi motoo‘qchi polki harbiy xizmatchilari ushbu aholi punktini nazorat ostiga olgan.

Qayd etilishicha, Komsomolskoe Ukraina Qurolli kuchlarining Gulyaypolye yo‘nalishidagi yirik mudofaa chiziqlaridan biri bo‘lgan.

Davomli janglar natijasida motoo‘qchilar 5 kvadrat kilometrgacha bo‘lgan hududni tozalab, 250 tadan ortiq imoratni nazoratga olgan.
Shuningdek, Ukraina Qurolli kuchlarining bir rotadan ortiq jonli kuchi, 6 ta zirhli jangovar mashina, 16 ta avtomobil, 7 ta mototexnika, 5 ta yer usti robotlashtirilgan kompleksi va 35 ta og‘ir geksakopteri yo‘q qilingan.
Vazirlikka ko‘ra, Komsomolskoe aholi punktining ozod qilinishi oldingi marradagi taktik holatni yaxshilab, “Sharq” guruhi bo‘linmalarining ushbu yo‘nalishdagi keyingi harakatlari uchun qulay sharoit yaratgan.
Rabota morskoy pexoti v zone SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya qo‘shinlari DXRdagi Tixonovkani ozod qildi
Yangiliklar lentasi
0