https://oz.sputniknews.uz/20260603/usa-iran-keskinlik-kuchayish-58047399.html
Raketa va dron zarbalari: AQSh va Eron o‘rtasida keskinlik yana kuchaydi
Raketa va dron zarbalari: AQSh va Eron o‘rtasida keskinlik yana kuchaydi
Sputnik O‘zbekiston
AQSh Qurolli kuchlari Eronning Xark oroliga yo‘l olgan tankerni to‘xtatganini ma’lum qildi. Tehron javob zarbalari haqida xabar berdi, Vashington esa Quvayt va Bahraynga uchirilgan raketalar to‘xtatilganini bildirdi.
2026-06-03T09:57+0500
2026-06-03T09:57+0500
2026-06-03T10:00+0500
dunyoda
dunyo yangiliklari
aqsh – eron mojarosi
kuvayt
bahrayn
eron
aqsh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/296/78/2967838_0:10:3000:1698_1920x0_80_0_0_ebaf79ae5ebcee15f1326f258edfa54e.jpg
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. AQSh va Eron o‘rtasidagi vaziyat yana keskinlashdi. Amerika Qurolli kuchlari 2-iyun kuni Fors ko‘rfazida Eronning Xarg oroliga yo‘l olgan neft tankerini harakatsizlantirganini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.AQSh Markaziy qo‘mondonligi — CENTCOM ma’lumotiga ko‘ra, Botsvana bayrog‘i ostida suzgan "Lexie" tankeri Eronning asosiy neft terminallaridan biri joylashgan Xarg oroli tomon harakatlangan.Shundan so‘ng AQSh samolyoti tankerning mashina bo‘limiga "Hellfire" raketasi bilan zarba bergan. CENTCOM bu harakat kemani cho‘ktirish emas, uni Eron portiga yetib borishdan to‘xtatish maqsadida amalga oshirilganini ta’kidladi.Keskinlik shundan keyin yana kengaydi. AQSh qo‘mondonligiga ko‘ra, Eron Kuvayt va Bahrayn tomon ballistik raketalar hamda dronlar uchirgan.Qo‘mondonlik Kuvaytga yo‘llangan ikki raketa nishonga yetib bormaganini, Bahraynga uchirilgan uch raketa esa AQSh va Bahrayn havo mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilganini ma’lum qildi.Eron tomoni esa voqealarni AQSh harakatlariga javob sifatida talqin qilmoqda. Press TV Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bayonotiga tayanib, Eron AQSh 5-dengiz floti shtab-kvartirasi va Amerikaga aloqador kemaga raketa hamda dronlar bilan zarba berganini xabar qildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260521/netanyahu-iran-urush-boshlash-57738311.html
kuvayt
bahrayn
eron
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/296/78/2967838_362:0:2638:1707_1920x0_80_0_0_a866d3bdf4a98c714c51bebf6730358e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, dunyo yangiliklari, aqsh – eron mojarosi, kuvayt, bahrayn, eron, aqsh
dunyoda, dunyo yangiliklari, aqsh – eron mojarosi, kuvayt, bahrayn, eron, aqsh
Raketa va dron zarbalari: AQSh va Eron o‘rtasida keskinlik yana kuchaydi
09:57 03.06.2026 (yangilandi: 10:00 03.06.2026) AQSh Eronga yo‘l olgan tankerni harakatsizlantirdi, Tehron esa Quvayt va Bahrayn yo‘nalishida raketa va dronlar uchirganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. AQSh va Eron o‘rtasidagi vaziyat yana keskinlashdi. Amerika Qurolli kuchlari 2-iyun kuni Fors ko‘rfazida Eronning Xarg oroliga yo‘l olgan neft tankerini harakatsizlantirganini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti
xabar berdi.
AQSh Markaziy qo‘mondonligi — CENTCOM ma’lumotiga ko‘ra, Botsvana bayrog‘i ostida suzgan "Lexie" tankeri Eronning asosiy neft terminallaridan biri joylashgan Xarg oroli tomon harakatlangan.
Qo‘mondonlik kemaning bir necha bor berilgan ogohlantirishlarga bo‘ysunmaganini bildirgan.
Shundan so‘ng AQSh samolyoti tankerning mashina bo‘limiga "Hellfire" raketasi bilan zarba bergan. CENTCOM bu harakat kemani cho‘ktirish emas, uni Eron portiga yetib borishdan to‘xtatish maqsadida amalga oshirilganini ta’kidladi.
Keskinlik shundan keyin yana kengaydi. AQSh qo‘mondonligiga ko‘ra, Eron Kuvayt va Bahrayn tomon ballistik raketalar hamda dronlar uchirgan.
Qo‘mondonlik Kuvaytga yo‘llangan ikki raketa nishonga yetib bormaganini, Bahraynga uchirilgan uch raketa esa AQSh va Bahrayn havo mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilganini ma’lum qildi.
Vashington, shuningdek, Eronning Qeshm orolidagi harbiy boshqaruv obyektiga “mudofaa zarbasi” berilganini bildirdi.
Eron tomoni esa voqealarni AQSh harakatlariga javob sifatida talqin qilmoqda. Press TV Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bayonotiga tayanib, Eron AQSh 5-dengiz floti shtab-kvartirasi va Amerikaga aloqador kemaga raketa hamda dronlar bilan zarba berganini xabar qildi.