https://oz.sputniknews.uz/20260602/uzbekistan-bosh-suyak-operatsiya-bola-qoldiqlar-58029667.html
O‘zbekistonda 4000-yil oldin bosh suyagida operatsiya qilingan bola qoldiqlari topildi
O‘zbekistonda 4000-yil oldin bosh suyagida operatsiya qilingan bola qoldiqlari topildi
Sputnik O‘zbekiston
Olimlar Jarqo‘ton yodgorligida bronza davriga oid qabrni o‘rgandi. Qabrda ikki bola qoldiqlari topilgan, ulardan birining bosh suyagida trepanatsiya izlari aniqlangan. Bu Markaziy Osiyodagi eng qadimgi shunday holat sifatida baholanmoqda.
2026-06-02T12:17+0500
2026-06-02T12:17+0500
2026-06-02T12:17+0500
tarix
arxeologik topilma
surxondaryo
italiya
ilm-fan
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/02/58029479_9:0:951:530_1920x0_80_0_0_45f2cd73e95bf9994f336bc72750ca78.jpg
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Italiyalik va o‘zbekistonlik arxeologlar Surxondaryodagi qadimiy Jarqo‘ton manzilgohida 4000-yillik qabrni o‘rgandi. Qabrdan ikki bolaning qoldiqlari topilgan, ulardan birining bosh suyagida qadimiy jarrohlik amaliyoti izlari aniqlangan. Bu haqda Italiya TIV saytida e’lon qilingan Salento universiteti arxeologlari xabarida ma’lum qilindi.Qazilma ishlari Salento universitetidan Enriko Askalone va Termiz davlat universitetidan Alisher Shaydullayev boshchiligidagi Italiya–O‘zbekiston arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan olib borilgan.Jarqo‘ton Oks sivilizatsiyasi, ya’ni Baqtriya-Marg‘iyona arxeologik majmuasiga oid yirik bronza davri yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Manzilgoh hududida qal’a, saroy, ibodatxona va turar joylar qoldiqlari aniqlangan.Arxeologlar topgan qabrda taxminan uch va besh yoshli ikki bola birga dafn etilgan. Mutaxassislar hisobicha, qabrning yoshi taxminan 4000-yilga teng.Tadqiqotchilardan biri topilmani Jarqo‘tonning yana bir kutilmagan sirlaridan biri deb atagan.Olimlar bunday operatsiya nima maqsadda qilinganini hozircha aniq bilmaydi. U davolash, og‘riqni yengillatish yoki marosimiy sabablar bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Keyingi tadqiqotlar bu savollarga aniqroq javob berishi kutilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20250914/namangan-noyob-qolyozma-tangalar-51952188.html
surxondaryo
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/06/02/58029479_127:0:834:530_1920x0_80_0_0_9f9d4689d8e671c833b6732dee2185a1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tarix, arxeologik topilma, surxondaryo, italiya, ilm-fan, o‘zbekiston
tarix, arxeologik topilma, surxondaryo, italiya, ilm-fan, o‘zbekiston
O‘zbekistonda 4000-yil oldin bosh suyagida operatsiya qilingan bola qoldiqlari topildi
Jarqo‘tonda 4000-yillik qabrdan bosh suyagida operatsiya izlari bo‘lgan bola qoldiqlari topildi. Bu Markaziy Osiyodagi eng qadimgi trepanatsiya holati bo‘lishi mumkin.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Italiyalik va o‘zbekistonlik arxeologlar Surxondaryodagi qadimiy Jarqo‘ton manzilgohida 4000-yillik qabrni o‘rgandi. Qabrdan ikki bolaning qoldiqlari topilgan, ulardan birining bosh suyagida qadimiy jarrohlik amaliyoti izlari aniqlangan. Bu haqda Italiya TIV saytida e’lon qilingan Salento universiteti arxeologlari xabarida
ma’lum qilindi.
Olimlarning fikricha, bu Markaziy Osiyoda hujjatlashtirilgan eng qadimgi trepanatsiya holati bo‘lishi mumkin. Trepanatsiya — bosh suyagida maxsus teshik ochish bilan bog‘liq qadimiy jarrohlik amaliyoti hisoblanadi.
Qazilma ishlari Salento universitetidan Enriko Askalone va Termiz davlat universitetidan Alisher Shaydullayev boshchiligidagi Italiya–O‘zbekiston arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan olib borilgan.
Jarqo‘ton Oks sivilizatsiyasi, ya’ni Baqtriya-Marg‘iyona arxeologik majmuasiga oid yirik bronza davri yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Manzilgoh hududida qal’a, saroy, ibodatxona va turar joylar qoldiqlari aniqlangan.
Arxeologlar topgan qabrda taxminan uch va besh yoshli ikki bola birga dafn etilgan. Mutaxassislar hisobicha, qabrning yoshi taxminan 4000-yilga teng.
Tadqiqotchilardan biri topilmani Jarqo‘tonning yana bir kutilmagan sirlaridan biri deb atagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Osiyoda 4000-yil avval bolaning bosh suyagida bunday amaliyot o‘tkazilganini tasavvur qilish qiyin edi, ammo endi bu ma’lumot arxeologik dalillar bilan tasdiqlanmoqda.
Olimlar bunday operatsiya nima maqsadda qilinganini hozircha aniq bilmaydi. U davolash, og‘riqni yengillatish yoki marosimiy sabablar bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Keyingi tadqiqotlar bu savollarga aniqroq javob berishi kutilmoqda.