Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Starobelsk hujumiga javob: Ukrainada zarba berilgan obyektlar ro‘yxati ochiqlandi

© REUTERS / Alina SmutkoDim nad Kiyevom
Dim nad Kiyevom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, javob zarbalari Kiyev, Zaporojye, Dnepropetrovsk, Xarkov, Sumi, Xmelniskiy va Poltava viloyatlaridagi harbiy sanoat obyektlari hamda bir qator harbiy aerodromlarga berilgan.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Starobelskdagi kollejga uchuvchisiz uchish apparatlari orqali qilingan hujumga javoban Ukraina harbiy-sanoat kompleksi, yoqilg‘i va transport infratuzilmasiga ommaviy zarba berdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Ma’lumotga ko‘ra, zarbalar uzoq masofali yuqori aniqlikdagi havo, quruqlik va dengiz qurollari, shuningdek, gipertovushli raketalar va zarba beruvchi uchuvchisiz uchish apparatlari bilan amalga oshirilgan.
Vazirlikka ko‘ra, Kiyevda harbiy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi 10 ta korxona, jumladan, uchuvchisiz uchish apparatlari va radioelektronika sanoati bilan bog‘liq obyektlar zarar ko‘rgan.
Shuningdek, Kiyevda Qurolli kuchlarning harbiy xizmatga chaqiruv va safarbarlik bilan shug‘ullanuvchi uchta hududiy markazi zarar ko‘rgani aytildi.
Zaporojyeda Omelchenko nomidagi mashinasozlik zavodi va “Motor Sich” aviatsiya dvigatellari zavodi sexlari nishonga olingan.
© SputnikUdari armii Rossii po ukrainskim voyennim obyektam 2-iyunya 2026 goda
Udari armii Rossii po ukrainskim voyennim obyektam 2-iyunya  2026 goda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.06.2026
Udari armii Rossii po ukrainskim voyennim obyektam 2-iyunya 2026 goda
Dnepropetrovsk viloyatida uzoq masofali uchuvchisiz apparatlar va raketa qurollari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi "Fire Point" korxonasi hamda logistika markaziga talofat yetkazilganligi ma’lum qilindi.
Xarkov viloyatida mudofaa sanoatining uchta korxonasiga, jumladan, "Xarkov davlat aviatsiya korxonasi"ga va Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan ishlatiladigan yoqilg‘i-energetika kompleksining ikkita obyektiga zarba berildi.
Sumi viloyatida "Zvezda" davlat zavodiga zarba berildi.
Shuningdek, Xmelniskiy va Poltava viloyatlaridagi harbiy sanoat korxonalari hamda oltita harbiy aerodrom infratuzilmasi nishonga olinib, ularga zarar yetkazildi.
Boyevaya rabota rascheta RSZO Uragan gruppirovki voysk Zapad - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya Ukraina harbiy aerodromlari va yoqilg‘i infratuzilmasiga zarba berdi
Yangiliklar lentasi
0