https://oz.sputniknews.uz/20260602/andijan-keshbek-ozlashtirilish-fosh-etilish-58039391.html
Andijonda keshbek tizimi orqali 35,1 mlrd so‘m o‘zlashtirilgani fosh etildi
Andijonda keshbek tizimi orqali 35,1 mlrd so‘m o‘zlashtirilgani fosh etildi
Sputnik O‘zbekiston
Andijonda bir guruh shaxslar Soliq Mobile ilovasidagi keshbek tizimidan foydalanib, budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani fosh etildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
2026-06-02T17:26+0500
2026-06-02T17:26+0500
2026-06-02T17:26+0500
soliq
o‘zbekiston
jamiyat
jinoyat kodeksi
savdo
soliq qo‘mitasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/14/57703633_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_38f3ccca1a4135715890d65345fe6379.jpg
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Andijon viloyatida bir guruh shaxslar tomonidan "Soliq Mobile" ilovasi orqali 35,1 milliard so‘m budjet mablag‘lari keshbek sifatida talon-toroj qilingani fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda 6 nafar fuqaro va boshqalar o‘zaro til biriktirib, bir nechta MChJlar tashkil etgani aniqlangan.Ma’lum qilinishicha, ular fuqarolar nomiga 9 ta MChJ ochgan. Amalda ushbu korxonalar o‘rtasida moliyaviy operatsiyalar bo‘lmagan.Keyin go‘yoki savdodan tushgan mablag‘lar onlayn nazorat-kassa mashinalari orqali kirim qilingani haqida ma’lumotlar shakllantirilib, xarid cheklari chiqarilgan.Natijada 100 458 nafar fuqaro nomiga "Soliq Mobile" ilovasi orqali keshbek to‘lab berilgan. Tekshiruvlarga ko‘ra, shu yo‘l bilan 35,1 milliard so‘m budjet mablag‘lari o‘zlashtirish va rastrata qilish orqali talon-toroj qilingan.Shuningdek, Andijon viloyati soliq boshqarmasining ayrim mas’ul shaxslari shubhali operatsiyalar bo‘yicha yetarli chora ko‘rmagani ma’lum qilindi.Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish hamda hujjatlarni qalbakilashtirishga oid moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.Jinoyat ishi tergovga tegishliligi bo‘yicha prokuraturaga yuborilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260505/prezident-takliflar-taqdimot-57342106.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/05/14/57703633_161:0:1121:720_1920x0_80_0_0_7b98b596b9da9c16bafed7af5387f20f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
soliq, o‘zbekiston, jamiyat, jinoyat kodeksi, savdo, soliq qo‘mitasi
soliq, o‘zbekiston, jamiyat, jinoyat kodeksi, savdo, soliq qo‘mitasi
Andijonda keshbek tizimi orqali 35,1 mlrd so‘m o‘zlashtirilgani fosh etildi
Tekshiruvda 9 ta MChJ orqali 1,1 trln so‘mlik soxta hisob-fakturalar rasmiylashtirilgani va 100 mingdan ortiq fuqaro nomiga keshbek chiqarilgani aniqlandi.
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Andijon viloyatida bir guruh shaxslar tomonidan "Soliq Mobile" ilovasi orqali 35,1 milliard so‘m budjet mablag‘lari keshbek sifatida talon-toroj qilingani fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
xabar berdi.
O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda 6 nafar fuqaro va boshqalar o‘zaro til biriktirib, bir nechta MChJlar tashkil etgani aniqlangan.
Ma’lum qilinishicha, ular fuqarolar nomiga 9 ta MChJ ochgan. Amalda ushbu korxonalar o‘rtasida moliyaviy operatsiyalar bo‘lmagan.
Shunga qaramay, 2026-yilning mart-aprel oylarida kompyuter texnikasi orqali 1,1 trillion so‘mlik mahsulot yetkazib berilgani haqida soxta elektron hisob-fakturalar rasmiylashtirilgan.
Keyin go‘yoki savdodan tushgan mablag‘lar onlayn nazorat-kassa mashinalari orqali kirim qilingani haqida ma’lumotlar shakllantirilib, xarid cheklari chiqarilgan.
Natijada 100 458 nafar fuqaro nomiga "Soliq Mobile" ilovasi orqali keshbek to‘lab berilgan. Tekshiruvlarga ko‘ra, shu yo‘l bilan 35,1 milliard so‘m budjet mablag‘lari o‘zlashtirish va rastrata qilish orqali talon-toroj qilingan.
Shuningdek, Andijon viloyati soliq boshqarmasining ayrim mas’ul shaxslari shubhali operatsiyalar bo‘yicha yetarli chora ko‘rmagani ma’lum qilindi.
Jumladan, 1,1 trillion so‘mlik hisob-fakturalar rasmiylashtirilganiga qaramay, korxonalarning QQS guvohnomalarini bekor qilish yoki departament organlariga xabar berish choralari ko‘rilmagan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish hamda hujjatlarni qalbakilashtirishga oid moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Jinoyat ishi tergovga tegishliligi bo‘yicha prokuraturaga yuborilgan.