Olti yuz ming fuqaroga bepul vaucher: teatr va konsert sohasiga qanday imtiyozlar beriladi?

© Ministerstvo kulturi i turizmaV Kirgizstane posle kapremonta otkrili uzbekskiy dramteatr
V Kirgizstane posle kapremonta otkrili uzbekskiy dramteatr - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2026
Obuna bo‘lish
Adabiyot, madaniyat va san’atni rivojlantirish uchun yo‘naltirilgan homiylik mablag‘lari soliqqa tortilmaydi.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda har yili 500 ming nafar o‘qituvchi, shifokor, davlat xizmatchisi, faol o‘quvchi va talabaga, shuningdek, 100 ming ehtiyojmand oila va nogironligi bor bolalarga teatr, kino va konsertlar uchun bepul vaucherlar beriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev madaniyat va san’at sohasi vakillari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
1 iyuldan har bir tuman va mahallada konsert-tomosha o‘tkazish xarajatining 20 foizgacha qismi budjetdan qoplab beriladi.
Shuningdek, konsert-tomosha, xususiy teatr, kinematografiya, bolalar kontenti, madaniyat va san’at yo‘nalishidagi xususiy ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar bir qator soliqlardan ozod qilinadi.
Adabiyot, madaniyat va san’atni rivojlantirish uchun yo‘naltirilgan homiylik mablag‘lari ham soliqqa tortilmaydi.
Viloyat hokimliklari huzurida alohida direksiyalar tashkil etiladi. Ular konsert, teatr va madaniyat saroylari zallaridan to‘liq foydalanish hamda har kuni madaniy tadbirlar o‘tkazishga mas’ul bo‘ladi.
Teatrlar faoliyatida ham yangi tartiblar joriy etiladi. Alisher Navoiy teatriga berilgan moliyaviy, ijodiy va tashkiliy mustaqillik tajribasi Muqimiy, Berdaq va Milliy qo‘g‘irchoq teatrlariga ham tatbiq etiladi.
1 sentabrdan xususiy teatrlar va teatr-studiyalariga har yili 50 ta sahna asari yaratish xarajati davlat tomonidan qoplab beriladi.
Ularga davlat madaniyat obyektlaridan bepul foydalanish imkoni beriladi. Agar ular tomonidan xususiy bino ijaraga olinsa, oyiga 20 million so‘mgacha xarajat budjetdan qoplanadi.
Davlat va xususiy teatrlarga sotilgan har bir chipta uchun budjetdan qo‘shimcha 10 ming so‘mdan gonorar beriladi. Agar spektakl hududlarda namoyish etilsa, bu summa 20 ming so‘mni tashkil etadi.
Tashkent. Akademicheskiy russkiy dramaticheskiy teatr uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.02.2026
Sevganlaringizdan ayrilmang: Akademik rus drama teatrida mavsum anshlag bilan ochildi
Yangiliklar lentasi
0