https://oz.sputniknews.uz/20260601/shamol-chang-tozon-ogohlantirish-57989925.html
O‘zgidromet shamol va chang-to‘zondan ogohlantirdi
O‘zgidromet shamol va chang-to‘zondan ogohlantirdi
Sputnik O‘zbekiston
1 iyun kuni Qoraqalpog‘iston va bir qator viloyatlarda shamol 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. 2–5 iyun kunlari yomg‘irlar sabab tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel xavfi bor.
2026-06-01T09:48+0500
2026-06-01T09:48+0500
2026-06-01T10:16+0500
o‘zbekiston
ob-havo
o‘zbekistonda ob-havo
jamiyat
sel
suv
chang bo‘roni
o‘zgidromet
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/13/54896362_0:70:1332:819_1920x0_80_0_0_0e6fc7786f623e3e4508e53cd962b85b.jpg
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. O‘zgidromet 1-iyun kuni ayrim hududlarda shamol kuchayishi va chang-to‘zon kuzatilishi, 2–5 iyun kunlari esa tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqinlari xavfi borligini ma’lum qildi.Ma’lumotga ko‘ra, kunduz kuni Qoraqalpog‘iston, Respublikasi. Buxoro, Navoiy, Toshkent, Jizzax, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ayrim hududlarda bu holat chang-to‘zon bilan kuzatiladi.Shuningdek, 2–5 iyun kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sabab respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin. Xavf Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining ayrim tumanlariga tegishli.O‘zgidromet tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda ushbu yo‘nalishlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga chaqirdi.1 iyun kuni soat 09:00 holatiga ko‘ra Toshkent shahri havosida PM10 va PM2,5 zarrachalari miqdori ruxsat etilgan meyorlardan oshmagan.
https://oz.sputniknews.uz/20260526/tashkent-chang-tozon-ogohlantirish-57882406.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/13/54896362_74:0:1258:888_1920x0_80_0_0_a41564fcfc8c158d7326d77975fab913.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, ob-havo, o‘zbekistonda ob-havo, jamiyat, sel, suv, chang bo‘roni, o‘zgidromet
o‘zbekiston, ob-havo, o‘zbekistonda ob-havo, jamiyat, sel, suv, chang bo‘roni, o‘zgidromet
O‘zgidromet shamol va chang-to‘zondan ogohlantirdi
09:48 01.06.2026 (yangilandi: 10:16 01.06.2026) Ayrim hududlarda shamol va chang-to‘zon bo‘lishi, tog‘oldi va tog‘li joylarda sel kelish xavfi bor.
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. O‘zgidromet 1-iyun kuni ayrim hududlarda shamol kuchayishi va chang-to‘zon kuzatilishi, 2–5 iyun kunlari esa tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqinlari xavfi borligini
ma’lum qildi.
Ma’lumotga ko‘ra, kunduz kuni Qoraqalpog‘iston, Respublikasi. Buxoro, Navoiy, Toshkent, Jizzax, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ayrim hududlarda bu holat chang-to‘zon bilan kuzatiladi.
Toshkent shahrida ham shamol tezligi 12–15 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon ko‘tarilishi ehtimoli bor.
Shuningdek, 2–5 iyun kunlari kutilayotgan yomg‘irlar sabab respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin. Xavf Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Andijon viloyatlarining ayrim tumanlariga tegishli.
O‘zgidromet tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda ushbu yo‘nalishlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga chaqirdi.
Shu bilan birga, ayrim hududlarda yomg‘ir suvlari to‘planishi va bu hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkinligi qayd etildi.
1 iyun kuni soat 09:00 holatiga ko‘ra Toshkent shahri havosida PM10 va PM2,5 zarrachalari miqdori ruxsat etilgan meyorlardan oshmagan.